MYUdagilar Aleksisdan ko'prog'ini kutishgandi
28 apr 2019 14:55
Yangiliklar


MYUdagilar Aleksisdan ko'prog'ini kutishgandi
"Manchester Yunayted" o'tgan yilning qishida "Arsenal"dan Aleksis Sanchesni transfer qilgandi.
Bu mavsumda ham chililik futbolchi o'z o'yinini namoyish qila olmayapti. U so'nggi bora avgustda MYU tarkibida to'liq o'yinni o'tkazgandi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, MYU bilan shartnoma imzolayotganda 2018/19 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, Sanches gol+pas tizimida 40 ochko yig'ishi kerak bo'lgan va shu holatda u qo'shimcha 2 million evroga ega bo'lardi.
Ammo Sanches shu kunga qadar 2 gol urdi va 4 bora golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar