MYU va PSJ italiyalik yarim himoyachi uchun 60 mln evrodan ko'proq pul to'lashga tayyor
24 noy 2019 20:00
Yangiliklar


MYU va PSJ italiyalik yarim himoyachi uchun 60 mln evrodan ko'proq pul to'lashga tayyor
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zaniolo "Manchester Yunayted" yoki PSJga o'tishi mumkin.
"II Messaggero" nashrining malumot berishicha, MYU va PSJ xavbek uchun 60 mln evrodan ko'p pul to'lashga tayyor. Zanioloning yillik maoshi esa 10 mln evrodan yuqori bo'ladi.
Angliyalik skaut Evro-2020 saralashi doirasida Italiya-Armaniston (9:1) uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borgan. O'sha o'yinda Nikolo 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgandi. Parij jamoasining sport direktori Leonardo shaxsan o'zi Zanioloning harakatlarini kuzatib boradi.
Joriy mavsum 20 yoshli yarim himoyachi A Seriyaning 12 ta o'yinida 3 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar