MYU Tripper bilan shartnoma imzolash uchun Dalotni sotishi kerak
02 avg 2021 18:47
Yangiliklar
MYU Tripper bilan shartnoma imzolash uchun Dalotni sotishi kerak
"Manchester Yunayted" "Atletiko" himoyachisi Kiran Tripperga qiziqish bildirmoqda.
Ammo, Manchester klubi oldin bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsher ishonch bildirmayotgan himoyachi Diogu Dalotni sotishni xohlamoqda.
Portugaliyalik futbolchi uchun bosh davogar "Milan"dir, ammo klublar transfer narxi borasida kelisha olishmayapti. MYU o'yinchini keyinchalik 5 mln evroga xarid qilish huquqi bilan 4 mln evroga ijaraga berishga tayyor, ammo bu italyan klubini qoniqtirmayapti. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Dalot MYUga 2018 yilda "Portu"dan 22 mln evro evaziga o'tgandi. U o'tgan mavsumni "Milan" safida o'tkazdi. Futbolchi italyan klubi tarkibida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar