“MYU” Telles uchun 25 million evrodan ko'p to'lamoqchi emas
21 sen 2020 23:50
Yangiliklar


“MYU” Telles uchun 25 million evrodan ko'p to'lamoqchi emas
“Manchester Yunayted” vakillari “Portu”ning braziliyalik himoyachisi Aleks Tellesni o'z safiga qo'shib olish borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda, deya xabar bermoqda The Guardian.
Nashr xabariga ko'ra, ingliz klubi futbolchining tovon puli 40 million evro etib belgilangan bo'lsada, uning transferi uchun 25 milliondan ortiq to'lamoqchi emas. Manikunianliklar futbolchining o'zi bilan besh yillik kelishuvga erishishgan.
Telles 2016 yilda “Galatasaray”dan “Portu”ga ko'chib o'tgandi. O'shanda futbolchining transferi 6,5 million evroni tashkil etgandi. 27 yoshil futbolchi o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urishga erishdi. Futbolchining “Portu” bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar