MYU tarkibiga polshalik futbolchi kelib qo'shildi
27 mar 2018 14:32
Yangiliklar


MYU tarkibiga polshalik futbolchi kelib qo'shildi
Polshaning 16 yoshgacha bo'lgan termasi sardori Lukash Beyger "Manchester Yunayted" tarkibida ko'chib o'tadi.
"Manchester Evening News" nashri xabariga ko'ra, futbolchining jamoasi - "Lex" va "Manchester Yunayted" Beygerning transferi borasida kelishib olishgan. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin futbolchi "qizil iblislar" bilan rasman shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Beyger Polshaning 16 yoshgacha bo'lgan termasi bilan moldovalik tengdoshlariga qarshi o'tgan uchrashuvida sardorlik bog'ichi bilan o'ynadi va markaziy yarim himoyada harakat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar