MYU "Siti"dan o'z futbolchilarini Parijga eltib qo'yishni so'radi
26 okt 2024 16:21
Yangiliklar


MYU "Siti"dan o'z futbolchilarini Parijga eltib qo'yishni so'radi
"Manchester Yunayted" rahbarlari o'z futbolchilari "Oltin to'p" sovrini topshiriladigan Parijga etib olishi uchun "Manester Siti"ga iltimos bilan murojaat qilishdi.
Gap shundaki, MYUdagilar "Siti" Parijga uchib ketayotgan samolyotdan joy so'rashgan.
Parijdagi marosimga Kobbi Maynu va Alexandro Garnacholar uchishi kerak edi. Pulni iqtisod qilishni xohlagan "Manchester Yunayted" vakillari "Manchester Siti"dagi hamkasblaridan rad javobini olishdi. "SHaharliklar" ushbu iltimosga uchoqda bo'sh o'rinlar etarli emasligi bilan javob qaytarishdi.
"Oltin to'p" marosimi 28 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 4

Fikrlar