MYU Reshford bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Mirjalol Normatov
12 iyun 2018, 20:29
"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshfordga yangi shartnoma tayyorlamoqda, deb xabar beradi “The Sun“.

Unga ko'ra, tomonlar Rossiyadagi mundial yakunlanganidan keyin shartnomaga imzo chekishadi. Yangi shartnomada futbolchining maoshi haftasiga 150 ming evroga ko'tariladi. Bu esa 2022 yilga qadar amal qiladi.

Reshfordning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallagandi. Unga ko'ra Markus haftasiga 55 ming evro maosh ishlab topmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun