MYU - PSJ va "Roma" - "Portu" uchrashuvi hakamlari malum qilindi. ECHL tarixida ilk marta videoassistentlar bo'ladi
10 fev 2019 15:47
Yangiliklar


MYU - PSJ va "Roma" - "Portu" uchrashuvi hakamlari malum qilindi. ECHL tarixida ilk marta videoassistentlar bo'ladi
12 fevral kuni ECHLning 1/8 finali doirasida o'tadigan ikki o'yinning hakamlari malum qilindi.
Unga ko'ra, "Manchester Yunayted" - PSJ uchrashuvini italiyalik hakamlar boshqaradi. Qayd etish kerak, musobaqa tarixida ilk marta videoassistentlar ham bo'ladi.
Bosh hakam - Daniele Orsato
Qanot hakamlari - Fabiano Preti va Alessandro Kostanco
To'rtinchi hakam - Daniele Doveri
Videoassistentlar - Marko Gvida va Massimiliano Irrati.
"Roma" - "Portu" uchrashuvida esa gollandiyaliklar ishlaydi.
Bosh hakam - Danni Makkeli
Qanot hakamlari - Mario Diks va Xessel Steegstra
To'rtinchi hakam - Kevin Blom
Videoassistentlar - Pol van Bukel va Kamfus Yoxem.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar