MYU Pogbaning o'rniga 6 futbolchining nomzodini ko'rib chiqmoqda

Mirjalol Normatov
9 sen 2018, 15:57
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbaning jamoadan ketishiga tayyorlanishmoqda.

"talkSPORT" xabariga ko'ra, mankunianliklar 25 yoshli futbolchining o'rniga 6 nomzodni ko'rib chiqmoqda.

Ular: Sergey Milinkovich-Savich ("Lacio"), Ivan Rakitich ("Barselona"), Abdulaye Dukure ("Uotford"), Tyago Alkantara ("Bavariya"), Tangi Ndombele ("Lion") va Adrian Rabo (PSJ).

Oldinroq Pogbaga "Barselona" tomonidan qiziqishlar borligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: talkSPORT