MYU penalti tepish borasidagi rekordini yangiladi
14 apr 2019 08:54
Yangiliklar


MYU penalti tepish borasidagi rekordini yangiladi
APL 34-turida MYU futbolchilari Pol Pogbaning ikki bor penaltidan kiritgan gollari evaziga “Vest Xem Yunayted”ni taslim etishdi.
“Gracenote Live”ning xabariga ko'ra, ushbu bellashuvda “qizil iblislar” joriy mavsumdagi 12-penaltini amalga oshirishdi. SHu tariqa manikunianliklar bu borada Premer ligada rekord o'rnatishdi.
Pogba “Vest Xem”ga qarshi bahsdagi jarima zarbalarini qo'shib hisoblaganda joriy mavsumda ushbu “nuqta”dan 7 ta gol urishga erishdi. Bungacha MYU tarixida faqatgina bir futbolchi – 2002/2003 yilgi mavsumda Ruud van Nistelroy 8 ta gol urishga erishgan.
“Manchester Yunayted” ayni paytda APL turnir jadvalida 64 ochko jamg'arib, beshinchi pog'onani band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar