MYU muxlisi tanaffus vaqtida qizil rangli libosini moviyga o'zgartirdi
03 okt 2022 19:47
Yangiliklar
MYU muxlisi tanaffus vaqtida qizil rangli libosini moviyga o'zgartirdi
"Manchester Yunayted" ishqibozi "Manchester Siti"ga qarshi derbining tanaffus vaqtida libosini almashtirdi.
“Qizil iblislar” tarafdori “Etihad” stadionida o'yin boshlanishidan oldin “Yunayted” libosini kiygan holda suratga tushdi. Ammo "Siti" birinchi bo'limda 4:0 hisobida ustun kelganidan so'ng, u moviy rangli kiyim kiydi.
Ikki surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. "Yunayted" muxlislaridan biri Twitter sahifasida "Bu juda kulgili, biroq xavotir olmang, biz ikkinchi bo'limda 3:2 hisobida g'alaba qozondik", deya izoh qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, Manchester derbisi 6:3 hisobida "Siti" foydasiga hal bo'ldi.
Fikrlar