MYU Maguayrni ololmasa, "Barselona" himoyachisini xarid qilishga urinadi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 11:19
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" Minani "Lester" himoyachisi Garri Maguayr o'rniga ko'zlamoqda.

Mankunianlar Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatgan Maguayrni xarid qilishga urinishmoqda. MYU Matteo Darmian va Markos Roxoni sotib, Maguayr xaridi uchun kerak bo'ladigan 85 mln. dollar ishlab topmoqchi.

"Lester" himoyachini o'zida saqlab qolmoqchi va unga haftasiga 130 ming dollar to'lab, klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirmoqchi.

Agar MYU rahbariyati Maguayr borasida "tulkilar" bilan kelisha olmasa, ular Mina variantiga qaytishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror