MYU ko'zlab qo'ygan himoyachi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirish arafasida Yangiliklar

MYU ko'zlab qo'ygan himoyachi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirish arafasida

"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyrld "Manchester Yugayted"ning qishki transferlar oynasi vaqtidagi asosiy maqsadi bo'lib ulgurgan.

Belgiyalik himoyachining qishda MYUga o'tishi deyarli aniq edi. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi.

Biroq transfer amalga oshmasligi mumkin. Yaqin orada himoyachi jamoasi bilan shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirishi kutilmoqda.

Bu mavsumda Tobi poytaxt jamoasi tarkibida 24 o'yinda qatnashdi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика