MYU ikki himoyachisini sotib yubormoqchi
12 sen 2020 18:55
Yangiliklar
MYU ikki himoyachisini sotib yubormoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati himoyachilar Markos Roxo hamda Diogu Dalotni sotib yubormoqchi.
Ikki himoyachi o'tgan mavsumda APLda atigi 185 daqiqa harakat qilgan. Ularning sotuvidan esa klub 30 mln evro ishlab olmoqchi. Lekin ular borasida hozircha biror klub taklif bilan chiqqanicha yo'q.
Juda yomon jismoniy holatda bo'lgani uchun Roxo o'tgan mavsumda ijara asosida "Estudiantes" tarkibida faqatgina bir o'yinda qatnashdi. Roxo katta ehtimol bilan boshqa jamoaga o'tib ketishi kutilmoqda.
Yosh Dalotga esa davogarlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Uni "Everton", "Vilyarreal" va "Tottenxem" kabi klublar tarkibiga chorlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar