MYU ijrochi direktori: “Ten Xagga de Yong kerak, biz esa buning ustida qattiq ishlamoqdamiz”
19 iyu 2022 08:55
Yangiliklar
MYU ijrochi direktori: “Ten Xagga de Yong kerak, biz esa buning ustida qattiq ishlamoqdamiz”
“Manchester Yunayted” rahbariyati vakili Richard Arnold “Barselona” xavbeki Frenki de Yong haqida gapirdi.
“Pul – bizning transfer maqsadlarimizni belgilashda muhim rol o'ynamaydi. Murabbiyga de Yong kerak, u qoyilmaqom futbolchi, biz esa transfer ustida ishlamoqdamiz. Pul muammo emas, ammo boshqa to'siqlar bor.
100 mln, 200? Bilmadim, kimni kerak deb hisoblasang, u bilan shartnoma imzola. Kimni sotib olish kerakligini men hal qilmayman”, deydi Arnold.
Fikrlar