MYU forvardi instagram'da “Paxtakor” futbolchisiga obuna bo'lgan
24 mar 2020 20:50
Yangiliklar


MYU forvardi instagram'da “Paxtakor” futbolchisiga obuna bo'lgan
Qishki transfer oynasi vaqtida “SHanxay SHenxua” hujumchisi Odion Igalo ijara asosida “Manchester Yunayted”ga o'tgan edi.
Nigeriyalik futbolchining instagram'dagi kuzatuvchilari soni 700 mingdan oshgan.
SHuningdek, u obuna bo'lgan foydalanuvchilar soni 471 nafarni tashkil qiladi. Ularning orasida "qizil iblislar" azolari bilan birga hozirda “Paxtakor”da harakat qilayotgan tajribali himoyachi Anzur Ismoilov ham bor.
Eslatib o'tamiz, Igalo va Ismoilov “CHanchun Yatay” (2017-2018) safida birga o'ynashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar