MYU Fergyuson davridan keyin ilk marta shunday natijani qayd etdi
31 dek 2018 11:37
Yangiliklar
MYU Fergyuson davridan keyin ilk marta shunday natijani qayd etdi
"Manchester Yunayted" APLning 20-turi doirasida "Bornmut"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Mankunianliklar APLning o'tgan ikki o'yinida "Kardiff Siti" (5:1) va "Xaddersfild Taun" (3:1) jamoalarini mag'lub etgandi. SHu orqali MYU so'nggi uch o'yinida 12 gol kiritdi. MYU bundan oldin bunday natijani 2011 yilning 21-31 dekabr kunlarida qayd etgandi.
Ayni damda "Yunayted" 35 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 6-pog'onasini egallab turibdi.
Fikrlar