MYU "Chelsi" himoyachisini sotib olishi mumkin

Mirjalol Normatov
28 sen 2018, 20:53
"Manchester Yunayted" "Chelsi" himoyachisi Gari Kexilning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

The Mirror xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchining mankunianlikka aylanishini bosh murabbiy Joze Mourinyo istamoqda. Transfer qishdayoq amalga oshirilishi mumkin. Murabbiy va himoyachi "Chelsi"da birga ishlashgan.

Keyxill bu mavsumda yangi bosh murabbiy qo'l ostida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Oldinroq angliyalikka "Galatasaroy" jamoasidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror