MYU - "Barselona", "Ayaks" - "Yuventus" bahslariga hakamlar tayinlandi
08 apr 2019 16:22
Yangiliklar


MYU - "Barselona", "Ayaks" - "Yuventus" bahslariga hakamlar tayinlandi
UEFA "Manchester Yunayted" - "Barselona" va "Ayaks" - "Yuventus" uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qildi.
"Manchester Yunayted" hamda "Barselona" o'rtasidagi bahsni Janluka Rokki boshchiligidagi italiyalik referilar boshqaradi. Unga qanotlarda Filippe Meli va Matteo Passeri yordam beradi. Zaxira hakami - Daniele Orsato. Videoyordamchilar - Massimiliano Irrati va Marko Gvida.
"Ayaks" - "Yuventus" uchrashuvida Karlos del Sorro va uning yordamchilari ishlaydi. Qanotlarda Xuan Yuste va Roberto Alonso yordam beradi. Zaxirada - Tasos Sidiropulos. Videoyordamchilar - Alexandro Ernandes va Xuan Martines.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar