MYU bahorda sotilishi mumkin
01 dek 2022 19:22
Yangiliklar
MYU bahorda sotilishi mumkin
"BBC Sport" xabariga ko'ra, agarda Gleyzerlar klubni sotib yuborish ishlarini boshlasa, bu bahor faslida yakunlanishi kutilmoqda.
Oldinroq 2005 yilda klub boshqaruvini qo'liga olgan Gleyzerlar oilasi rasman klubni sotishga tayyorligini bildirgandi. Biroq bu ish xaridor tomonidan yaxshi summa taklif etilsagina amalga oshishi mumkin.
SHuningdek, klubning yangi egalari "Old Trafford"ni yangilash uchun yaxshigina summa ishlatishiga to'g'ri keladi. CHunki stadionda ko'plab vaqtinchalik narsalar o'rnatilgan.
Gleyzerlar oilasida klubni sotib yuborishdan boshqa chora yo'qligi aytilmoqda. Klubning sotib yuborish jarayonida bo'layotgani sababli muxlislar bosh ko'tarishayotgani yo'q.
2005 yilda 790 million funtga sotib olingan klubni Gleyzerlar 4,6 milliard dollarga sotishga tayyor turibdi.
Fikrlar