MYU APLda 40 yil qayd etmagan natijasiga “erishdi”
13 may 2019 09:35
Yangiliklar


MYU APLda 40 yil qayd etmagan natijasiga “erishdi”
“Manchester Yunayted” APLning joriy mavsumini noxush ko'rsatkichlar bilan yakunladi.
“Qizil iblislar” APLning 38 ta o'yinida 54 ta gol o'tkazib yubordi. Bunday holat jamoa bilan so'nggi 40 yil ichida kuzatilmagandi. Barcha o'yinlarda jamoa darvozasini David de Xea qo'riqladi. MYU so'nggi bor 1978/79 yilgi mavsumda 63 ta gol o'tkazgandi. O'shanda jamoa darvozasini Gari Beyli hamda Peddi Rouch qo'riqlagandi. Jamoalar soni esa 22 ta bo'lib, MYU hozirgidan 4 ta ko'p o'yin o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar