Mxitaryan: "Manchester Yunayted"da hamma narsadan rohat olyapman"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2017, 18:14
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Manchestyerdagi hayoti haqida gapirib berdi.

"Men haqiqatdan ham Manchestyerdagi hayotimdan rohatlanyapman: Mashg'ulot, o'yin - hamma narsa. Hozir rivojlanish uchun ter to'kib mehnat qilyapman, chunki bundanda ko'prog'iga qodirligimni bilaman.

MYU safidagi ilk uchrashuvlarda bor kuchimni ko'rsatmadim, ammo har bir bahsda bor imkoniyatimni ishga solyapman, chunki men uchun klub va muxlislar katta ahamiyatga ega. Har doim ham siz o'ylagan narsalar sodir bo'lmaydi, ammo hammada qora kunlar bo'ladi. Bunga tayyor edim, chunki Dortmunddagi kabi vaziyatga tushdim. Kurashishda davom etib, keyingi imkoniyatni kutish lozim" - deydi Mxitaryan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports