Mxitaryan A seriyada 12-golini kiritdi va…
16 may 2021 07:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637371_original.jpg)
![](/upload/storage/637371_220.jpg)
Mxitaryan A seriyada 12-golini kiritdi va…
Italiya A seriyasining 37-turida “Roma” o'z maydonida “Lacio”dan (2:0) ustun keldi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Edin Jekoning aniq to'p uzatishidan keyin Genrix Mxitaryan hisobni ochdi. Bu armanistonlik futbolchining A seriyadagi 12 goli sifatida qayd etildi va u Evropaning top-5 ligalarida o'zining shaxsiy rekordini o'rnatdi.
Ilgariroq Genrix faqatgina Ukraina chempionatida “SHaxtyor” safida to'p tepib yurganida 12 tadan ko'proq gol urishga erishgan. 2012/13 yilgi mavsumda u Ukrainada 25 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.
Futbolchi "SHaxtyor"dan keyin faoliyatini "Borussiya" (D), "Manchester Yunayted", "Arsenal" klublarida davom ettirgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar