So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  196 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Muzaffar Muzaffarov: "Menga Ispaniyada shartnoma taklif qilishgandi" Yangiliklar

Muzaffar Muzaffarov: "Menga Ispaniyada shartnoma taklif qilishgandi"

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini bir qator kuchli va yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to'ldirib oldi.

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan qo'qonliklar o'tgan mavsumni "Metallurg" safida o'tkazgan Muzaffar Muzaffarov hisobiga yarim himoya chizig'ini kuchaytirishga erishdi. Biz esa yaqinda ushbu futbolchini suhbatga chorlab bir qator savollar bilan yuzlandik. 

"Metallurg"dan ketmoqchi emasdim. O'tgan yili Toshkent klublaridan ham takliflar bo'ldi. Xorijga yo'l olishim ham mumkin edi. Lekin, Andrey SHipilov bilan gaplashib jamoada qolishga qaror qildim. Turkiyadagi yig'in davomida oyog'imni sindirib oldim. Klub rahbarlariga raxmat. O'sha erda jarroxlik amaliyotini o'tkazdim. Bazi bir oilaviy muammolar sabab Farg'onaga qaytishga qaror qildim. Natijada "Qo'qon-1912" bilan shartnoma imzoladim. Ahil va inoq jamoa safiga qo'shildim. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan ham avval ishlaganman. 2018 yil AGMK jamoasi bilan O'zbekiston kubogida g'olib chiqqandik. 

Kubokdami yoki Superligadami bizga farqi yo'q. Vazifamiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish va o'z maqsadimiz sari oldinga intilish.

Vadim Abramov qo'l ostida "Neftchi"da o'sishga erishdim deb bemalol ayta olaman. Ko'p narsalarni o'rgandim. SHaxsan menga Abramovning hujumkor uslubi yoqadi.

2009 yil "Paxtakor" bilan Ispaniyaga musobaqaga borganmiz. U erdagilar "Paxtakor"ga taklif bilan chiqishdi. Reja bo'yicha ikki oy Madridda ko'rikda bo'lishim kerak edi. Ular esa biz bilan yana qolasan deb olti oyga cho'zdirishgan. Menga shartnoma ham taklif qilishgandi. Faqat bitta muammo bor edi. Hali pasport olmagandim. Pasport olganingdan keyin yana kelasan deyishgan. Orada ikki yil o'tdi. Jarohat olganimdan keyin qaytib bormadim",- deydi Muzaffarov.

To'liq batafsil intervyuni tez orada saytimizda o'qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting!


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика