So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  109 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  6 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  12 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Muzaffar Abdullaev: “So'g'diyona” ga qaytganimdan xursandman" Yangiliklar

Muzaffar Abdullaev: “So'g'diyona” ga qaytganimdan xursandman"

Davralar oralig'ida “So'g'diyona” ga Muzaffar Abdullaev kelib qo'shildi.

Bir mavsum ushbu darvozabon “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan. Ikkinchi davrada Muzaffar Abdullaev jizzaxliklar sharafini himoya qiladi. Bugun biz Muzaffar Abdullaev bilan qisqacha suhbat qilishga qaror qildik.

Muzaffar, “So'g'diyona” ga qaytishingizga nima sabab bo'ldi?

-Avvalambor,jizzaxlik muhlislarga alangalik salom. Yana Jizzaxga qaytganimdan xursandman.Menga 2-3 ta jamoalardan taklif bo'ldi. Bularning orasida “So'g'diyona” ham bor edi. Xech o'ylab o'tirmay sobiq jamoaga qaytdim. O'tkan yilgi jamoa bilan hozirgi jamoada katta farq bor. Hozirgi jamoa ham  menga begona emas. Muhimi ahilmiz.

Jamoaga qaytganingizda o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?

-Albatti jamoaning g'alabalariga o'z hissamni qo'shish va yuqori o'rinlarga olib chiqish. Meni shu jamoaga taklif qilgan insonlarni ishonchini oqlash.Jamoa bilan o'z oldimizga qo'ygan maqsadga erishish. 

Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday bo'ldi?

-Tayyorgarlikning birini qismi Zominda bo'ldi. Unda asosan jismoniy holatimizga qaratilgan mashqlar bajardik. Keyinchalik Toshketda davom etdi. Unda nazorat uchrashuvlaridagi  o'yin taktikalariga  etibor qaratildi. Jamoamiz ikkinchi davraga 100% tayyor.

Oliy liganing 16-turida o'z maydonimizda “Bunyodkor” ni qabul qilamiz. O'yin borasida qanday fikrdasiz.

-Yuqorida aytib o'tganimdek,ikkinchi davra uchun tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Tarkibga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib oldik. “Bunyodkor” kuchli jamoa,ammo hozirgi kunda hamma jamoalar bilan o'ynasa bo'ladi. Hammasi o'z qo'limizda. O'z maydonimizda qabul qilamiz va albatta g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Xudo xoxlasa,muxlislarimizni xursand qilishga xarakat qilamiz. 

Dildora Xolboeva

“So'g'diyona” matbuot xizmati kotibi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика