Muxtor Qurbonov: "SHokdaman"
10 may 2015 21:26
Yangiliklar


Muxtor Qurbonov: "SHokdaman"
"Nima deyishga hayronman. SHokdaman. Ketma-ket uchinchi o'yinda ochko yo'qotdik. "Nasaf" bilan o'yin oxirida ikkita gol o'tkazdik, "Andijon"da vaziyatlardan gol ura olmadik, bugun ham 90+5-daqiqada gol o'tkazib yubordik. Jamoaning ruhiy holati yuqori darajada emas deb o'ylayman. "Olmaliq" jamoasi yaxshi shakllangan. Ularga qarshi munosib o'ynadik, lekin natija bizning foydamizga bo'lmadi", - deydi Muxtor Qurbonov.
"Tarkibimizdagi ko'p yigitlar asosan o'rtamiyona jamoalarda o'ynashgan. SHu bois so'nggi daqiqalarda shogirdlarim koncentraciyani yo'qotib qo'yishmoqda. Raqib 10 nafar futbolchi bo'lib o'ynayotgandi, shunchaki to'pni o'zimizda ushlab turish kerak edi. Buni ham eplay olmadik".
"Himoyamizda muammo borligi to'g'ri. Bu chiziqqa legioner Darko Stanoevichni olib kelganmiz. Qolganlar o'rtamiyona o'yinchilar. Himoyada pala partishlik bo'lmoqda. Buning ustida ish olib borayapmiz".
"Jamoada hech qanday muammo yo'q. Ichki muhit yaxshi. Moliyaviy holat ham joyida, homiylarimiz doim bizga etibor qaratayapmiz".
"Asror Aliqulovda kichik jarohat bor. U yaqinda davolandi. Uning tajribasiga tayanamiz, faqat to'la tuzalib olishini kutamiz".
SHahboz Beg'amov yozib oldi.

Fikrlar