Muxlislarni vodiy derbisiga chorlaymiz
05 noy 2014 15:24
Yangiliklar

Muxlislarni vodiy derbisiga chorlaymiz
Yurtimizda milliy chempionat o'yinlari poyoniga etib bormoqda. Aniqrog'i ushbu haftada jamoalar so'nggi tur o'yinlarini o'tkazishadi va tatilga chiqadi.
7 noyabr kuni "Neftchi"ni muhim uchrashuv kutib turibdi. Unda jamoa oliy liga autsayderi "Andijon"ni qabul qiladi. Vodiy derbisi maqomidagi har qanday bahs jamoalarning turnir jadvalida nechanchi o'rinni egallab turishidan qatiy nazar, doimo keskin kurashlar ostida o'tib kelgan.
"Neftchi" va "Andijon"ning o'zaro 42-to'qnashuvi ham bundan mustasno bo'lmasa kerak deb o'ylaymiz. Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, mazkur uchrashuv Qo'qondagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. O'yin soat 14:00da boshlanadi. Jamoamizga befarq bo'lmagan barcha ishqibozlarni ushbu bahsga taklif etib qolamiz.

Fikrlar