So’nggi yangiliklar

07:55Франция кубоги. ПСЖ мағлубиятсиз сериясини давом эттирди.  0 07:51Германия кубоги. Амалдаги чемпион 3-лига вакилига мағлуб бўлиб, финалдан маҳрум бўлди  0 07:39Бугун «Пахтакор» «Машъал»ни қабул қилади  1 03:20"Реал Мадрид" "Бернабеу"даги 120 дақиқалик триллерда ўзига керакли ҳисобни қайд этиб, Испания кубоги финалига йўл олди!  65 02:10АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Фулхэм"ни мағлубиятга учратди  1 02:00АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Ноттингем"га мағлуб бўлди  11 00:45"Реал"га қарши ўйинга бир ҳафта қолганда "Арсенал"нинг асосий марказий ҳимоячиси жароҳат олди  2 00:10АПЛнинг 32-туридан бошлаб офсайд аниқлашнинг ярим автомат тизими ишга тушади  0 23:30Уокер танаффус пайтида Фелишга қарата: "Бу ерда ҳеч ким Месси эмас, пас бер"  8 22:15Пролиганинг илк турида ишловчи расмийлар номи аниқ  2 21:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси U-17 Осиё кубогида неча марта иштирок этган?  3 21:21Cуперлига учинчи тур ўйинларида қандай ҳолатлар юз берди? Лига комиссари билдиргисидан кўчирма  11 20:58Суперлига. “Нефтчи” — “Навбаҳор” ва тўртинчи турнинг бошқа ўйинларида ишлайдиган расмийлар номи маълум  6 20:35Суперлига. "Қизилқум" – "Хоразм" учрашуви қолдирилди  5 20:14Суперлига. “Пахтакор” — “Машъал” учрашувида қайси ҳакамлар ишлайди?  0

Muxlislarga so'z bergan Zayniddin Tojiev Yangiliklar

Muxlislarga so'z bergan Zayniddin Tojiev

Futbolchilar 35 yoshdan keyin faoliyatlarini yakunlash haqida o'ylay boshlaydi.
Ayniqsa, hujumchilar bunday yoshda butsalarini mixga ilib bo'lishadi. Biroq 35dan keyin ham ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan futbolchilar yo'q emas. Bu borada taniqli hujumchi Zayniddin Tojievni alohida tilga olish joiz. CHunki 37 yoshga qarab ketayotgan bo'lishiga qaramay, Tojievlarning to'ng'ichi futbol o'ynashdan charchagani yo'q.

Samarqandning “Dinamo” jamoasi mavsumlar oralig'ida ko'p transferlarni amalga oshirgani yo'q. Jamoa ko'zga ko'rinarli futbolchilardan faqat uch nafarini qo'lga kiritdi. Ayniqsa, chempionat boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda Asror Aliqulov bilan Zayniddin Tojiev samarqandliklar tarkibida paydo bo'lishdi. Ravshan Haydarov futbol yoshidan o'tayotgan bu futbolchilarni olib nima qilardi, degan muxlislar ham bo'lgandir. Bunga javoban mavsum oldi tanishtiruv marosimida Zayniddin Tojiev Ko'pchilik menga ishonmay qarayotgan bo'lishi mumkin, ammo men samarqandlik muxlislarga Dinamodagi gollarim bilan barchaning ishonchini oqlashga so'z beraman, - degandi futbolchi. Bu shunchaki balandparvoz so'zlar emasdi.

UCH O'YINDA IKKI BOR ENG YAXSHI

Zayniddin Tojiev va Asror Aliqulovlarning boy tajribasi mavsum startidayoq foyda keltirishni boshladi. Dastlab, 2-turda Metallurg ustidan qozonilgan g'alabali o'yinda eng yaxshi futbolchi deya topilgan Zayniddin Tojiev, 3-turda Zomindagi uchrashuvda ham shu nomga loyiq topildi. “Dinamo” Jizzaxga safar qilib, “So'g'diyona” jamoasi ustidan ishonchli g'alabaga erishganida chindan ham Tojiev So'g'diyona himoyasiga tinchlik bergani yo'q. Mana shu uchrashuvda samarqandliklarning uchinchi goliga Tojiev mualliflik qilish bilan yana bir golga hammualliflik qildi. Ayniqsa, uchinchi golidan keyin Zomindagi o'yinda jamoani qo'llab-quvvatlab turgan samarqandlik ishqibozlar oldiga yugurib kelib, formasidagi klub ramzini o'pib, ardoqlagani etiborga molik holatdir.

FAXRIY HUJUMCHI

Bu bilan Zayniddin joriy mavsumda chempionatda gol urgan eng faxriy hujumchi sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, Tojievlarning kattasi o'zi uchun yana bir yoqimli ananani ham davom ettirdi. Tajribali hujumchi qaysi jamoada o'ynamasin, hech bo'lmaganda raqiblar darvozasiga bitta to'p kiritishning uddasidan chiqqan. Bunday hujumchilar doim ham topilavermaydi. Zayniddin Tojiev elga “Paxtakor”da tanilgan bo'lsa-da, u Oliy Ligadagi debyutini Toshkentning “Akademiya” klubida o'tkazgan. Zayniddin muhim gollari bilan “Paxtakor”ga ko'p g'alabalar keltirgan. Bundan tashqari, u bir necha bor O'zbekiston chempioni hamda kubok sohibi bo'ldi. Qisqa tanaffuslar bilan to'ng'ich Tojiev “Paxtakor”da qariyb o'n yil davomida o'ynadi. Bu orada u uch marta xorij klublarida ham o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi. Tojiev dastlab Qozog'istonga borib “Esil” (Petrapavlovsk) klubi sharafini yarim mavsum himoya qildi. Xorijdagi ilk faoliyatida u bitta gol ura oldi. Keyinchalik hujumchini “Saba Betteri” jamoasi o'z safiga taklif etdi. Uzoq o'ynamagan bo'lsa-da, Erondan ham Zayniddin gol urmay qaytgani yo'q. 2009 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida hujumchi Xitoyga yo'l oldi. Superliga vakili “Tianjin Teda” klubi bilan yarim yillik bitim tuzgan hujumchi 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg'ol etdi.

GOLEADOR

“Paxtakor” bilan xayrlashgach to'ng'ich Tojiev tez-tez jamoa almashtiradigan hujumchiga aylanib qoldi. “Paxtakor” bilan ko'plab yutuqlarga erishgan hamda Osiyo CHempionlar Ligasi va milliy terma jamoada o'ynagan bo'lishiga qaramay, Tojiev faoliyatini yakunlashni xohlamadi. 2010 yilgi mavsumda u 3 ta jamoa sharafini himoya qildi. Dastlab yarim yil “SHo'rtan”da o'ynab, 8 uchrashuvda ikkita golga mualliflik qildi. Mavsumning ikkinchi yarmida hujumchi Qozog'istonning “Ordabasi” klubi safiga qo'shildi. Bu jamoada u 6 ta o'yinda maydonga tushib, bitta to'p kiritdi. SHundan so'ng Zayniddin mavsumni yana “Paxtakor”da yakunladi. Keyingi yili Tojiev “Lokomotiv” bilan birinchi ligada ishtirok etdi. Ana shu mavsumda u eng sermahsul o'yinlarini namoyish etgan holda 33 ta gol bilan birinchi liganing eng yaxshi to'purari bo'ldi. Bundan tashqari, “Lokomotiv” bilan kuchlilar safiga ham qaytdi. 2012 yili temiryo'lchilar tarkibida 25 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 11 ta gol yozib qo'ydi. O'tgan yili Tojiev “Lokomotiv” uchun bir davra o'ynab, 4 ta gol urdi. Ikkinchi davrada “Neftchi”ga o'tib u erdan ham golsiz qaytmadi. To'g'ri, mahoratli hujumchi “Neftchi”da atigi bitta gol urish bilan kifoyalandi. “Dinamo”da esa u golini uzoq kuttirib qo'ymadi.

TO'PURARLAR KLUBI A'ZOSI


Zayniddin Tojiev bugunda Gennadiy Krasnickiy to'purarlar klubi azosi sanaladi. Uning jami gollari 150 taga yaqinlashib qoldi. Ushbu gollarining eng ko'pini u “Paxtakor” safida kiritgan. SHuningdek, terma jamoada 4 ta gol urgan bo'lsa, OCHLda 13 ta golga mualliflik qilgan. Lekin hujumchi bu gollarini hali yanada ko'paytirish imkoniyatiga ega.

DINAMO - O'NINCHI JAMOA

Tojievlarning kattasi bu yil boshida Birinchi liga vakili “NBU-Osiyo” jamoasida shug'ullanib, sport formasini ushlab turdi. Natijada transferlar yopilishi arafasida Ravshan Haydarov hujumchining boy tajribasiga ishonib, “Dinamo”ga taklif qildi. SHuni aytib o'tish kerakki, “Dinamo” Tojievning professional faoliyatidagi o'ninchi jamoasiga aylandi. 37 yoshda bo'lishiga qaramay, uning Samarqanddagi faoliyati yomon boshlanmadi. Jamoamiz yosh hujumchisi Farruh SHotursunov jarohat olgach, Tojiev hozirda klubning asosiy hujumchisiga aylandi. Uning boy tajribasi klub ravnaqi uchun xizmat qiladi. Umid qilamizki, Zayniddin ukasi Farhod Tojiev singari Samarqand futbolida ham o'z nomini zarhal harflar bilan yozdirib qo'yadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика