So’nggi yangiliklar

20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  0 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  8 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  3 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1 17:38Беллингем кам ўйин амалиётига эга бўлаётгани учун жамоани тарк этмоқчи  2 17:11"Арсенал" ва "Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун рақобатлашади  1 16:44Big name, Big team, Big coach...  30 16:19"Футбол олами". "Ҳакам юзи ёрилган футболчини кўрди ва... контакт йўқ деди..."  1 16:10"Фабио футболчи ва мураббий сифатида катта тажрибага эга" – хорижлик мутахассислар муносабати  13 15:47"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусанов туфайли режасини ортга суради  8 15:25"Арсенал" Йилдиз трансферидан умидвор  0

Muxlislar stadionga kiritilmaydi? Muammo emas! O'yinni mashinada o'tirib ko'ramiz! Yangiliklar

Muxlislar stadionga kiritilmaydi? Muammo emas! O'yinni mashinada o'tirib ko'ramiz!

Ular 2000ta mashinani to'plab, Ginness kitobida rekord o'rnatishmoqchi.

Daniyada koronavirus pandemiyasiga chalinish holatlari asta-sekinlik bilan kamaymoqda: kasallik yuqtirib olish holatlari kundan-kun o'sib ketayotgani yo'q, o'limlar soni ham kuniga 10-15tani tashkil etmoqda (20 aprel holatiga ko'ra jami kasallangan — 7711, vafot etgan — 364, sog'aygan — 4499tani tashkil etmoqda). Mamlakat avvalgi hayot tarziga qaytish borasida bosh qotira boshladi. SHu bilan birga, futbolni qaytarish haqida ham bahs-munozalar bo'lmoqda. Mart oyi o'rtalaridan Daniyadagi barcha sport turlariga tanaffus elon qilingan edi. Ligani quyidagi uchta sanadan birida boshlash rejalashtirilgan: 17, 24 va 31 may va bu reja iyul oxirlariga qadar davom etishi ko'zda tutilmoqda.

"Hukumat Daniya mamlakatini ochish rejasini tayyorlab qo'ydi — shunga ko'ra, biz ham klublar jadvalini tuzib chiqamiz, — deydi professional futbol tizimining ijrochi direktori Klaus Tomsen. — Bazi klublar o'z xodimlari va futbolchilarini ishga qaytarishga ham ulgurdi. Bazilari kichik-kichik guruh bo'lib mashg'ulot ham o'tkazmoqda. Asta-sekinlik bilan klublar soni ko'payib boradi va may oyining ikkinchi yarmidan futbolni qaytarishimiz mumkin bo'ladi, deb umid qilamiz".

Avvaliga o'yinlar tomoshabinsiz o'tkaziladi — sababi pandemiyaning ikkinchi to'lqini sodir bo'lish xavfi juda yuqori. Klublar ushbu vaziyatdan chiqish uchun qiziqarli hamda xavfsiz bo'lgan yo'llarni izlashmoqda. Eng ajoyib va noodatiy bo'lgan taklifni 12 ochkolik farq bilan chempionlik tomon dadil odimlayotgan "Midtyulland" klubi berdi.

Klub g'oyasiga ko'ra, stadion atrofida haqiqiy avtokinoteatr tashkil etish — xuddi Amerikadagi kabi. "MCH Arena" avtoturargohiga o'yinni to'g'ridan-to'g'ri namoyish etib beradigan katta ekranlar o'rnatiladi.

"Midtyulland" xodimlarining so'zlariga ko'ra, stadion atrofiga 12 mingta mashina sig'ishiga qaramay, 2 mingta mashina kirishiga ruxsat berilar ekan. Odamlar o'z mashinasida o'tirib, masofa saqlagan holda o'yinni tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Ammo xuddi tribunada o'tirgandek, hamma bir-birining hissiyoti va baqiriqlarini eshitgan holatda sevimli jamoasiga muxlislik qiladi.


Aytgancha, avtokinoteatr uchun joy ham tayyor.

Atmosferani yaratish uchun futboldagi barcha marosimlardan foydalanish ko'zda tutilgan. Yani, avtoturargohda "Midtyulland" har o'yinidan avval jarang sochadigan Markaziy Yutlandiya madhiyasi yangraydi hamda alohida radiochastotasida bahs sharhi ham olib boriladi. Hattoki, turli eguliklar ham sotilishi rejaga kiritilgan.

"Afsuski, dastlabki uchrashuvlar tomoshabinsiz o'tkaziladi, biroq biz o'yin atrofida haqiqiy futbol atmosferasini yaratmoqchimiz. Umid qilamanki, hech qanday virus bizga halal berolmaydi. Biz muxlislar xavfsizligi va qulayligini taminlash maqsadida policiya, hokimiyat va stadion xodimlari bilan doimiy aloqada bo'lib turamiz", — deydi "Midtyulland"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktori Preben Rokaer.

Agar hammasi alo darajada o'tsa, ushbu tajriba davom ettiriladi va yanada keng yo'lga qo'yiladi. SHuningdek, "Midtyulland" Ginness rekordlari kitobiga kirish uchun ham so'rov yubordi. Ehtimol, ularning rejasi amalga oshib, futbolni to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish mumkin bo'lgan dunyodagi eng katta avtokinoteatrni yaratishar?!

Xo'sh, siz-chi? Sevimli jamoangiz o'yinini shunday atmosferada tomosha qilishni istaysizmi?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика