Muxlislar norozi bo'lishi aniq: APL uzoq yillik ananasini buzishga tayyorlanmoqda
28 okt 14:35
Yangiliklar
Muxlislar norozi bo'lishi aniq: APL uzoq yillik ananasini buzishga tayyorlanmoqda
Angliya Premer-ligasida Rojdestvo va Yangi yil bayramlari ananaviy ravishda butun mavsumning eng gavjum davri hisoblanadi.
26 dekabrdagi "Boxing Day" deb nomlangan bayram odatdagidek o'tmasligi mumkin.
"Daily Mail"ning yozishicha, UEFA evrokuboklarining kengayishi va Angliya Kubogi o'yinlarining faqat dam olish kunlari uchun qayta rejalashtirilishi tufayli taqvim o'ta zich bo'lib qolgan. Bu holatda Liga 26 dekabrda to'liq o'yin kuni ananasini qayta ko'rib chiqishga majbur.
Bu yil bu kun juma kuni bo'lib, APL o'z majburiyatlariga ko'ra, teleradiokompaniyalarga 33 ta o'yin kunini taqdim etishi kerak, o'yinlar shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tadi. Shuning uchun "Boxing Day" mavsumning odatiy juma kuni sifatida qabul qilinadi, faqat bitta o'yin namoyish etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar