So’nggi yangiliklar

12:55"Кучли жамоалардан иборат яхши гуруҳ шаклланди. Энг асосийси, биз узоқ сафарларни амалга оширмаймиз" — Сречко Катанец  8 12:39ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичи тақвими ёхуд Ўзбекистон қайси саналарда ўйнайди?  49 12:33Жаҳон чемпионати-2026 саралашининг 3-босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон Эрон ва Қатар билан ўйнайди!  68 12:23Киммих шу ёздаёқ "Бавария"ни тарк этиши мумкин  1 12:01Грузия плей-оффга чиқди, одамлар эса кўчага  2 10:47Гарет Саутгейт? Евро-2024 да ишлаётган энг кўп ҳақ олувчи мураббийлар рўйхати тузилди  3 10:20Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  2 09:54Алексей Естафеев: "Тажриба етишмаслиги ва вазиятлардан фойдалана олмаслик натижасида мағлуб бўлдик"  0 09:27"Наполи" президенти Носир Ал Ҳелайфини очиқчасига танқид қилди  3 09:00Асрор Алиқулов: "Қизилқум"га қарши ўйинда бизга осон бўлмайди"  0 08:34Копа Америка. Мексикада мағлубият, Эквадор эса ғалаба қозонди  0 08:08Бугун Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ-2026 учинчи босқич саралашидаги рақибларини билиб олади  42 07:49Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  8 03:10Евро-2024. Чехия - Туркия 1:2, Драматик кечгaн бахсда Тосуннинг голи туркларга ғалаба келтирди  0 02:45Евро-2024. Грузия - Португалия 2:0, Роналду ҳайратда  3

"Muxlisdan savol". Ikrom Aliboev: “Futbol men uchun hamma narsa” Yangiliklar

"Muxlisdan savol". Ikrom Aliboev: “Futbol men uchun hamma narsa”

O'zbekiston terma jamoasi va "Seul" klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev "Muxlisdan savol"ning navbatdagi mehmoni bo'ldi.

Osiyoning eng kuchli klublaridan birida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz muxlislardan yuborilgan savollarga javob berdi.

- Futbolga kim olib borgan va necha yoshingizda? Futbolga kirib kelishingiz tarixini gapirib bering.

- Futbolga 12 yoshimdan kirib kelganman akam Sirdaryo viloyati Yangier futbol maktabiga olib borganlar. U erda Muzaffar Beknazarov qo'l ostidan ikki yil shug'ullandim. Keyin esa men uchun haqiqiy sinovlar boshlandi.

- Ikrom Alibov oliy ligada o'ynashdan oldin juda ko'p qiynalgan deb eshitgandim. Yani "Paxtakor"da o'ynatishmagan, keyin "Lokomotiv"ga borgan va kvartiralarda yotib, mashg'ulotlarga qatnagan. Keyinchalik "Lokomotiv"da o'ynab ketgan ekan. Yuqoridagi gaplar rostmi?

- Yuqoridagi savolni davomi shu erdan boshlanadi, men ikki yil Yangierda o'qiganidan so'ng Toshkentga “Paxtakor” futbol akademiyasiga keldim bu erda Rustam Aripov qo'l ostida futbol sir asrorlarini o'rganishni boshladim 3 yillik o'qishdan so'ng men va do'stim Quvondiq Ro'zievni “Paxtakor” akademiyagsiga yaroqsiz deb kollej bosqichiga qabul qilishmadi shunda murabbiyimiz Rustam Aripov bu bollar kerak desa ham olib qolishmadi. Rustam Aripov bizni tashlab qo'ymadi biz bilan ishlashda davom etaverdi va bir yil o'tar o'tmas bizni “Lokomotiv” yoshlar jamoasiga qabul qilishdi. SHu-shu “Lokomotiv”da faoliyatimizni davom ettirdik, lekin o'sha bir yil biz uchun haqiqiy sinov bo'ldi yotarga joyimiz bo'lmas edi. Katta sport zallarda tunlarimiz o'tardi, bu kvartirdan boshqasiga ko'chishlardan charchar edik. Rustam Aripov bizga qo'ldan kelgancha yordam berardilar xullas bir yil 10 yilga teng bo'lgandi. Xudo shu insoni bizga ro'baro qilgani uchun behisob shukurlar aytishimiz kerak! Rustam akadan umurbod qarzdormiz, u inson bo'lmaganlarida biz katta futbolga kirib kelmagan bo'lar edik.

- Tasavvur qiling, vaqt ortga qaytib katta futbolga endi kirib kelgan paytlaringiz. Nimanidir o'zgartirish imkoni bo'lsa, nimani o'zgartirar edingiz?

- Yanada ko'prok shug'ullanardim. Lekin hozirgi taqdirimdan nolisam noshukurlik bo'ladi. Lekin vaqtni ortga qaytarsa yana ham ko'proq mashg'ulot qilardim, shu men xohlagan o'zgarish.



- Yaqindagina sizning urgan golingiz Osiyo chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli gol bo'lish uchun finalga chiqdi. Finalda eronlik futbolchiga "yutqazib qo'ydingiz". SHu haqda fikringiz qanday?

- Bu men uchun kutilmagan holat bo'ldi. Finalgacha chiqishning o'zi ham katta yutuq deb o'ylayman. Fursatdan foydalanib har bir ovoz bergan muxlisga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman!

- 25 yoshga to'ldingiz. Ikrom Aliboev Evropada to'p tepishga qachon tayyor bo'ladi? SHunday rejangiz bormi?

- Albatta har bir futbolchi yaxshi, kuchli chempionatda o'ynashni orzu qiladi. Lekin ko'pchilik o'sha orzu bilan cheklanadi. Mening ham orzularim bor. Ulardan bittasi ushaldi - legioner bo'ldim. Endigi maqsadlar Evropada tup tepish. Albatta nasib etgan bo'lsa kuchli beshlik chempionatlaridan birida o'ynashni istayman.

- O'zbek futbolchilari Evropaga borishni xohlashmaydi. Yani asosiy tarkibi uchun kurashdan qo'rqadi deyishadi. Siz nima deb o'ylaysiz?

- O'zbek futbolchilarining barchasi Evropaga borishni xohlaydi. Lekin O'zbekistonda o'ynab to'g'ri Evropa klubiga transfer bo'lish juda qiyin ish. CHunki bizning chempionatni Evropa klublari va ularning skautlari kuzatishmaydi. Yaqin yillarda agar O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqsa o'shanda bizning futbolchilarni ham to'g'ri o'zimizining chempionatdan olib ketishlari mumkin. Lekin o'zbek futbolchilari hech qachon asosiy tarkib uchun kurashdan qo'rqishmaydi.

- Tasavvur qiling Osiyo chempionlar ligasi finalida "Lokomotiv"ga qarshi o'ynab g'alaba qozondingiz. Bu holat sizga qanday tasir qiladi?

- Ham xursand, ham xafa bo'lar edim. “Lokomotiv”da katta futbolga qadam qo'ydim. Buning uchun klubga qancha minnatdorchilik bildirsam ham kam.



- Ozmi-ko'pmi Janubiy Koreyada o'ynadingiz. Nima deb o'ylaysiz nima uchun Koreya futboli bizdan doim xatto eng kuchsiz davrlarda ham oldinda? Nimaning evaziga?

- To'g'risini aytsam biz o'zbek futbolchilari individual tamondan koreyslardan kuchsiz emasmiz. Menimcha tizim borasida, futbolga qarashlar borasida hamma narsaga professionallarcha yondoshishida bizdan ustun bulib kelgan va bo'lib kelmoqda. Lekin ishonamanki bizda ham hammasi yaqin yillarda o'z joyiga tushadi va albatta ular ustidan g'alabalarimiz ko'payadi.

- Koreyada til bilan bog'liq muammolar yo'qmi?

- Koreyada til bilan muammolar unchalik bo'lmayapti. Ingliz tilida biroz so'z boyligim bor. SHu yordam bermoqda kundan-kunga ingilizcham yaxshilanib bormokda.

- Sizningcha futbol tarixidagi eng zo'r futbolchi kim?

- Lionel Messi.

- Ikrom Aliboevning orzular terma jamoasi qanday?

- Darvozada Janluiji Buffon. Himoyachilar Dani Alvesh, Fabio Kannavaro, Paolo Maldini va Roberto Karlos. Yarim himoyachilar Andrea Pirlo, Xavi, Inesta va Kaka. Hujumda Lionel Messi va braziliyalik Ronaldo.

- Siz boshqa futbolchilarimizdan ancha farq qilasiz. Har tomonlama. Xatto ijtimoiy tarmoq bo'yicha ham. Nega aynan tvitterda faolsiz. Boshqalar singari instagram va feysbukda emas?

- Bilmadim lekin tvitter menga ko'proq yoqadi.



- CHiroyli gol urish siz uchun xobbimi?
- Men aslida unchalik ko'p gol urmayman. Maydondagi vazifam gol urish emas, lekin ayrim gollarim chiroyli chiqib qolgan, bu shunchaki tasodif chunki hech kim chiroyli gol uraman deb harakat qilmaydi. CHiroyli golga ham, oddiy golga ham bir ochko beriladi.

- Oilangizda kim sizni ko'proq qo'llab-quvvatlaydi?
- Oilamda hamma meni qo'llab-quvvatlaydi. Lekin ko'proq yoshligimdan hamma muammolarimni akamga aytib kelganman. Hozir ham gaplarimni birinchi bo'lib akamga aytaman.

- Tojikiston Respublikasidan savol yo'llayapman. Siz Tojikiston futboliga qanday qaraysiz? Bizning futbol haqida nimalarni bilasiz? Men ko'p vatandoshlarim singari O'zbekiston o'yinlarini qoldirmay ko'rib boraman. Sizga omad tilayman.
- Tojikiston olimpiya terma jamoasida ish olib borayotgan Hakim Qayumovich meni katta futbolda debyut kilishimga yordam bergan. Gap shundaki Qayumovich “Lokomotiv”da ishlagan paytlari men endi endi yoshlar jamosidan katta jamoaga otib borayotgandim va 2013 yil bahorgi kubok bahslarida “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsda birinchi bor katta futbolga qadam qo'yganman. Tojikiston futboli oxirgi paytlarda jadal rivojlanib bormoqda. Bunga Dushanbening “Istiqlol” jamoasi xalqaro maydonlarida ko'rsatayotgan o'yinlari misol bo'ladi. Tojikistonlik qo'shnilarimizga kelgusida omadlar tilab qolaman.

- Ikrom Aliboev uchun futbol nima? Futbol deganda nimani tushunadi? Nimaga aynan futbolchi bo'lgansiz? Futbolchi sifatida aytingchi, yaxshi futbolchi bo'lish uchun eng oddiy narsa nima?
- Futbol men uchun hamma narsa, futbol bu eng mashhur sport turi. Yana ortga qaytish imkoni bo'lib tanlash imkoni bo'lsa yana futbolni tanlardim. Futbolchi bo'lish uchun eng oddiy narsa bu odam o'zini futbolga bahshida etishi. Har doim futbol bilan yashashi kerak deb o'ylayman. SHundagina odam yaxshi futbolchi bo'lib etishishi mumkin.

- Hayotingizda futboldan keyingi eng muhim narsa nima?
- Bu mening oilam. CHunki futbolchilar ko'p vaqtini safarlarda o'tkazadi. Oilasi davrasida kam bo'ladi, shuning uchun futboldan so'ng oilam bilan ko'prok vaqtimni o'tkazish muhim.



- "Seul"ga o'tishdan oldin Evropaning mavqei past bo'lgan klublardan takliflar bo'lgani va ularni rad qilganingiz rostmi?
- Takliflar bo'lsa bo'lgandir, lekin bular haqida menga hech kim aytmagan. Balki og'zaki takliflar bo'lgandir. “Seul”dan “Lokomotiv”ga rasmiy taklif bo'ldi va o'sha zahoti men bundan xabar topdim hamda bu taklifga rozi bo'ldim. Zero “Seul” Osiyoda o'z o'rniga ega klub va bu erdan Evropaga ketish ham osonroq.

- Tasavvur qiling: Jahon chempionati finali, penaltilar seriyasidagi eng oxirgi zarbani sizga ishonib topshirishsa masuliyatni bo'yningizga olarmidingiz?
- Agar men masuliyatdan qo'rqqanimda hech qachon futbolchi bo'lmas edim. Har bir o'yinga chiqishning o'zi bu masuliyat. SHunday ekan bu masuliyatdan ham qo'rqmagan bo'lar edim.

- Savolim yo'q, tilagim bor. Yulduzlik kasalligiga chalinmang iltimos. Omad yor bo'lsin, begona yurtlarda yomon ko'zlardan o'zi saqlasin.

- Sizlarga rahmat sizlar bor ekansizlar, shunday tergab tursanglar yulduzlik kasalligiga chalinmaymiz. Barcha savol yo'llaganlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.


Narzulla Saydullaev tayyorladi


"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan" 

"Muxlisdan savol". Gadoevni kim kashf qilgan: Qosimov yoki Berdiev? Futbolchi javob berdi

"Muxlisdan savol". Jaloliddin Masharipov - Onasiga sovg'a qilgan Neksiya va nimadan juda qo'rqishi haqida         

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика