So’nggi yangiliklar

12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  0 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  1 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7

"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan" Yangiliklar

"Muxlisdan savol". Eldor SHomurodov: "Mashal"ga kelganimda butsalarim bo'lmagan"

"Rostov" klubi va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Osiyo Kubogi-2019da ajoyib o'yinlar namoyish etdi.

4ta uchrashuvda maydonga tushgan SHomurodov raqiblari darvozasiga 4ta gol urib jamoamizning to'purari bo'ldi. "Muxlisdan savol" rukni doirasida "Rostov" bilan Ispaniyada yig'in o'tkazayotgan futbolchiga o'quvchilarimizdan kelib tushgan eng sara va qiziqarli savollar bilan murojaat qildik.


Eldor SHomurodovga savol yo'llang



- Eldor siz tarbiya topgan "Mashal" klubi va "Mashal" akademiyasi haqida nima deya olasiz?

- "Mashal" O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lgan klublardan biri. "Mashal" akademiyasi esa mamlakatimizning eng yaxshilaridan biri edi. O'zbekiston terma jamoasiga ko'plab futbolchilar etishtirib bergan. SHu darajaga etishimda "Mashal"ning o'rni katta. Bu klubda birga ishlagan barcha murabbiylar, rahbarlar va xodimlarga minnatdorchilik bildiraman. O'tgan mavsum klub birinchi ligaga tushib ketganini eshitgandim. Bundan albatta xafa bo'ldim. "Mashal" imkon qadar tez Superligaga qaytadi hamda avvalgi mavqeini tiklaydi degan umiddaman.

- Futboldagi birinchi murabbiyingiz haqida gapirib bering.

- "Mashal" akademiyasiga borganimda dastlab 1994-1995 yilda tug'ilgan futbolchilar bitta guruh edi. Bu guruhda Otajon Avezov va Bahodir SHaymardonov murabbiy edilar. Keyinchalik 1995 yilgi tug'ilgan bolalar alohida bo'lishgan va Dilshod Andaevga topshirilgan. SHu o'rinda bir narsani aytib o'tishim kerak. Otajon Avezovning turmush o'rtog'i Maral Avezova maktabda sinf rahbarim bo'lgan va aynan ularning qo'lida maktabni bitirganman. Muborakda o'zimni yolg'iz his qilganimda juda ham katta yordam berganlar. SHuningdek akademiyada ko'plab murabbiylar bilan ishlaganman. SHu darajaga etishimda har bir murabbiyning o'rni katta. SHu bois ularning barchasiga tazim qilib, katta rahmat aytaman.



- Birinchi kiygan butsangizni kim, qachon olib bergan?

- "Mashal" akademiyasiga kelganimda to'g'risi butsam yo'q edi. O'sha erda Muzaffar degan bolaning butsasini kiyganman. O'sha paytlarni hozir ham juda yaxshi eslayman. Keyinchalik Ilhom akam (SHomurodov) butsadan ham, boshqa narsalardan ham yordam berib turganlar.

- Vaqti kelib o'g'il farzandingiz bo'lsa va u futbolchi bo'lishni istasa bunga qarshilik qilmaysizmi?

- Xudo xohlasa farzandlik bo'lsam, u futbolga boraman desa umuman qarshilik qilmayman, aksincha xursand bo'laman.

- Amakingiz Otabek SHomurodov hozir qaerda va nima ish bilan mashg'ul?

- Otabek akam Surxondaryoda yashayaptilar. Jarqo'rg'on tumanida o'z bizneslari bor. Hozirda shu ish bilan shug'ullanayaptilar.

- BAAda o'tgan Osiyo Kubogini "Rostov"dagi futbolchi va murabiylar ko'rishibdimi? Terma jamoamiz haqida ular nima deyishdi?

- Ha, imkon qadar kuzatib borishibdi. Har bir o'yindan keyin g'alaba qozonsak, klubdoshlarim tabriklab turishdi. Murabbiylar esa musobaqadan qaytganimdan so'ng harakatlarim yaxshi chiqqanini aytishdi.



- Siz termada ajoyib o'yinlar ko'rsatdingiz, ammo "Rostov"da o'yiningiz qovushmayapti. Buning sababi nimada? U erda raqobat kuchliligi uchunmi? Balki jamoani almashtirishni ham o'ylab ko'rarsiz?

- "Rostov" bilan yana ikki yarim yillik shartnomam bor. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Xudo xohlasa terma jamoadagi o'yinimni "Rostov"da ham ko'rsataman. Murabbiy bilan aloqam juda yaxshi. SHu bois ketish haqida umuman o'ylayotganim yo'q.

- Avvallari terma jamoaga Aziz Haydarov vitaminlar etkazib turardi. Hozir bu ishni O'FA o'z zimmasiga olganmi yoki avvalgidek futbolchilarnig o'zi amallayaptimi?

- Hozir barchasini O'zbekiston futbol associaciyasi o'z zimmasiga olgan.
 
- Agar sizga Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya yoki Franciyadan hozirgi maoshingizni uchdan birini beramiz deyishsa, o'sha jamoa so'nggi o'rinda bo'lsa o'tarmidingiz?

- Hozir "Rostov"da ham katta maosh olayotganim yo'q. Aslida niyatim ham o'sha chempionatlarda o'ynash. Keyinchalik Evropaga yo'l olish uchun ham aynan "Rostov"ni tanlaganman.

- Tasavvur qiling sizga ikki xil taklif bor: Birinchisi katta pul evaziga Osiyo klublarida o'ynash va kam pulga Franciya chempionatiga qaysini tanlardingiz?

- Menda deyarli shunga o'xshash taklif bo'lgan. Faqat Franciya chempionati o'rnida Rossiya chempionati bo'ldi.

- Osiyo Kubogida gol urganingizdan so'ng sajda qilganingizga guvohiga aylandik va bundan xursand bo'ldik. Avvallari bunday nishonlamas edingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Osiyo Kubogidan oldin endi gol ursam shunday nishonlayman deb niyat qilgandim.



- Negadir Eldor SHomurodov va Otabek SHukurovning yoshi "urilgan" degan gaplar yuradi.

- Yo'q bu bo'lmagan gap.

- Yosh futbolchilarimizga qanday maslahat berasiz?
- Hamma keraksiz xayollarni boshdan chiqarib, faqat futbol haqida o'ylab niyatni yaxshi qilib, mehnat qilsa o'zlari o'ylagan yutuqlarga albatta erishadi.

- To'y qachon?

- (kuladi) Hozircha rejada yo'q. Balki 2-3 yildadir.

- Futboldagi eng quvonchli va qayg'uli holat yodingizdami?

- Quvonchli holatlar juda ko'p bo'lgan. Eng qayg'uli kun esa 2018 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida safarda Xitoyga yutqazgan kunimiz.



- Eldor ismli eng mashhur uch insonni ayta olasizmi?

- Eldor Suyunov, Eldor Mustafoev va Eldor Boymatov. Qolgani yodimga tushmayapti.

- Evropada qaysi klubda o'ynashni orzu qilasiz?

- Yaxshi ko'rgan klubim Londonning "CHelsi" klubi. Aynan shu jamoada o'ynashni orzu qilaman.

- Xorijda qaysi futbol yulduzini yoqtirasiz?

- Ispaniyalik Fernando Torres va afrikalik Dide Drogba.

"Muxlisdan savol" rukni davom etadi. Tez orada qaysi futbolchiga savol yuborishingiz mumkinligini elon qilamiz. Saytimizni kuzatib boring.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика