So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  0 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  3 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

"Muxlis savoli". SHukurali Po'latov: “Oliy maqsadim vatanimiz sharafini himoya qilish” Yangiliklar

"Muxlis savoli". SHukurali Po'latov: “Oliy maqsadim vatanimiz sharafini himoya qilish”

“Neftchi” PFK matbuot xizmati hamda championat.asia sayti xamkorligida o'tkazilgan “Muxlis savoli” loyihasi mehmoni bo'lgan SHukurali Po'latov muxlislar tomonidan berilgan bir qator savollarga javob qaytardi.

Quyida loyihaning matnli ko'rinish bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin. 


 RIVALDO_ FC BARCELONA:
-   SHukurali, siz Yuriy Vazgenovich Sarkisyan qo'l ostida futbol o'ynagansiz. Bu inson xaqidagi  fikrlaringiz?

-   Bu inson meni katta futbolga kirib kelishimda muhim o'rin tutadi. Aynan ushbu murabbiy tufayli “Neftchi” klubi yoshlar tarkibiga jalb qilinganman. 2012-yilga qadar birga ishladik. Yuriy Vazgenovich haqida faqat iliq fikrlar aytishim mumkin. Bu inson qanday ekanligini u bilan ishlagan barcha yaxshi bilsa kerak. Umuman olganda, Farg'ona futboli istiqboli uchun katta xajmdagi ishni bajargan inson deb bilaman.
saidnur
-   Sizning birinchi ustozingiz kim ? SHuningdek, birinchi kiritgan golingiz haqida ?

-   Bolalikdan stadionga yaqin joyda katta bo'lganman. Tohir aka ismli inson mening birinchi murabbiyim hisoblanadi. 7 yoshimdan futbol bilan shug'ullanishni boshlaganman va millionlar o'yinining ilk saboqlarini ushbu inson menga urgatgan. Birinchi golimga kelsa, 2011-yili “Qizilqum” darvozasiga penaltidan kiritganman.

-   Demak penalti tepish odati o'sha kezlari boshlangan ekanda ?  
-   Ha. Kubok bahsi edi. Biroq o'yinning asosiy vaqti durang natija bilan tugadi. SHundan keyin penaltilar seriyasi amalga oshirildi. O'sha seriyada ham penaltini muvaffiqiyatli amalga oshirganman. Yakunda esa “Neftchi” g'alaba qozongan.


Uz_chemp
-   SHukurli ali, namanganlik muxlislar haqidagi fikringiz ? “Navbahor”dagi faoliyatingizda Yuriy Rijkoga o'zbek tilini o'rgatganingiz rostmi ?

-   Ha, albatta (kuladi) Rijko bilan “Navbahor”ga borgan kunimoq yaxshi chiqishib ketganmiz. Bunga bir chiziqda o'ynaganimiz ham sabab bo'lgan deb hisoblayman. Ochig'i, o'sha paytlari rus tilida to'liq so'zlashishga qiynalganim bois Yuriyga ko'pincha o'zbek tilida murojaat qilardim. Bu esa Rijkoni sal bo'lsada o'zbek tilini o'rganishiga sabab bo'lgan.

-   Namanganlik futbol muxlislari haqida qanday fikrdasiz ?
-   Yarim yil “Navbahor” sharafini himoya qilgan bo'lsamda maxalliy muxlislar bilan juda yaxshi munosabat o'rnatganman. Aytish kerakki, bu aloqalar xozirga qadar saqlanib qolgan. Namanganda futbolni juda sevishidi. Ular ishqibozlik qilish borasida farg'onalik muxlislarga raqobat qila olishadi.

Nishonboy
-   Maktabda qanday baholarga o'qigansiz ? Birichni sevgingiz haqida gapirib bersangiz?
-   Juda qiziq savol. Ochig'i, boshlang'ich sinflarda yaxshi baholarga o'qiganman. Biroq keyinchalik futbolga etibor oshgani sababli kundaligimda ijobiy baholar kamayib ketgan(kuladi). Birinchi sevgi ? Birinchi sevgi maktabda bo'lmagan. CHunki men talim olgan aksariyat dargohlarda o'g'il bolalar ko'p bo'lardi. Ilk marta Oliy o'quv yurtiga kirganimda sevganman. Ilk muhabbatim esa bugungi kunda mening turmush o'rtog'im sanaladi.

BEKSOFT
-   Xayotdagi eng katta maqsadingiz ?
-   Bolalikdan futbolchi bo'lish eng sara maqsadim edi. SHukurki, bu orzuga erishdim, Farg'ona viloyatining bosh jamoasi “Neftchi”dek klubda faoliyat olib boryapman. Eng katta orzuga kelsak, xar bir futbolchi o'z milliy terma jamoasida o'ynashni istaydi. SHu qatori men ham O'zbekiston MTJ safida Vatanimiz sharafini katta-katta turnirlarda himoya qilishni istayman.

Bekzodbek
-   Baxt tushunchasiga munosabatingiz qanday ?
-   Birinchi o'rinda eng katta baxti bu -  Vatanimizda tinch xayot kechirayotganimiz. Sog'lom turmush tarzi, ota-onamizning salomatligi, farzandlarning kulgusi eng katta baxtlardan sanaladi.


 Erkin Odilov - 19-79
-   Futbol tufayli eshitgan birinchi dakkingizni eslay olasizmi ?
-   To'g'risi aniq eslay olmayman.  Akam birinchi marta dakki bergan bo'lsa kerak. CHunki akamlar bilan ko'p futbol o'ynardik. SHu kezlari menga ko'p dakki berardilar.

Fargona margilon
-   SHukurali birinchi ustoziz kim? Hayotda eng ko'proq kimdan maslaxat olasiz ?
-   Xayot taraflama ota-onamdan maslahat olaman. Futbol borasida esa o'zimning ustozlarim bor. O'sha insonlar menga maslahat berishadi. Ismlarini to'liq aytishim shart bo'lsama kerak.

Manchester United
-   Maydonda juda yuvosh va sodda ko'rinasiz. Xayotda qanaqasiz ?
-   Yana bir qiziq savollardan biri bo'ldi. Savoldan kelib chiqsak, bu savol egasi meni yaxshi bilmasalar kerak. To'g'risi bu savolni meni yaqinlarimga bersak to'g'riroq bo'lardimi? Fikrimcha, maydonda qanday bo'lsam xayotda ham shundayman.

Ixtiyorjon
-   SHukurali sizga savolim, “Neftchi”ning ko'plab muxlislarini taniysiz. Sir emaski shaxsiy muxlislaringiz xam etarlicha topiladi. Aytingchi g'alabalardan keyin sizni eng ko'p tabriklaydigan, mag'lubiyatda dalda bo'ladigan eng yaxshi muxlisingiz bormi va u kim?
-   Yaxshi savol. Futbol sohasida men bilan gaplashib turadigan tanishlarimdan tashqari menga begona bo'lgan bir muxlis bor. Aslida begona ham emas. SHu futbol sabab tanishib qolganmiz. Xozirda yaqin do'stim. Rishtonlik Ixtiyor ismli yigit meni doim g'alabalardan so'ng tabriklaydi. Mag'lubiyatlardan keyin tasalli beradi.  
Ayubxon
-   Aytaylik siz, “Neftchi” jamoasida bosh murabbiysiz. Sizning o'g'lingiz “Ko'qon-1912” jamoasida xujumchisi hisoblanadi. “Neftchi”-“Qo'qon-1912” o'yini boshladi. O'yinning 90- daqiqasida o'g'lingiz zaxiradan maydonga tushib so'nggi daqiqada “Neftchi” darvozasini ishg'ol qildi va jamoasi g'alaba qozondi. O'zingizni qanday holatga tushishingizni tasavvur qila olasizmi ?
-   Bu eng og'ir vaziyat bo'ladi. CHunki o'z otasi murabbiylik qiliyotgan jamoa darvozasiga gol kiritib ketilgan vaziyatda, xursand bo'lishni ham hafa bo'lishni ham bilmay qolasan kishi. Lekin savolga jiddiyroq yondoshadigan bo'lsam, o'g'ilning bitta golidan ko'ra jamoaning mag'lubiyatidan kishini ko'proq qayg'uga solsa kerak.

Jasurbek Nabiev
-   SHukurali siz “Metallurg” darvozasiga kiritgan golingizdan so'ng golni nishonlash vaqtida kimgadir qo'l bilan ishora qildingiz. Xuddi kimgadir nimanidir isbotlab qo'ymoqchi ekandek. Bu holatni tushuntirib bersangiz ?
-   Haqiqatdan ham shu holat bo'yicha juda ko'p shu kabi savollar bo'ldi. Lekin men kimgadir nimanidir istoblab qo'ymoqchi emas edim. Goldan so'ng dadam o'tirgan sektor tomon yugurdim va qo'limni ko'tardim. CHunki bahsdan avval dadam “o'yinda jarima to'plarini ham tepib gol urib tur o'g'lim” deb gapirgandilar. SHu sababli dadam o'tirgan tarafga qarab yugurdim.  

-   Sizga “Neftchi” jamoasi futbolchilaridan ham savollar kelgan.

  O'ktir Yusupov (“Neftchi” darvozasiboni)
-   Do'stim SHukurali, “Nasaf” darvozasiga kirita olmagan penaltiyingiz borasida fikringizni bilsak. O'sha vaziyatda aslida nima bo'lgandi ?
-   Haqiqat ham savol egasi do'stimiz O'tkirjon juda yaxshi yigit. Yarim yildan beri bir jamoada bo'lishimizga qaramay yaxshi chiqishib ketganmiz. Samimiy inson. To'g'risi biz O'tkir bilan mashg'ulotlarda asosan mana shu penalti borasida ko'p birga mashq qilamiz. Savolga kelsak, o'sha vaziyatda menda to'pni qaysi tarafga tepish borasida ikkilanish bo'lib qoldi. Bu esa salbiy oqibatga, yani muvaffaqiyatsiz zarbani yuzaga keltirdi.


Abbos Maxstaliev. (“Neftchi” futbolchisi)
-   “Metallurg” darvozasiga urgan golingiz faoliyatingizdagi eng chiroylisi bo'ldimi yoki bundan ham chiroyli zarbalarni golga aylantirganmisiz ?
-   Faoliyatim davomida ko'plab jarimadan gollar urganman. Lekin bu eng chiroylisi bo'lsa kerak.

Dilyor Irmatov (“Neftchi” futbolchi)
-   SHukur Po'latovdek futbolchi sifatida etishib chiqishingizda nima sabab bo'lgan ?
-   Bu savolning javobini Dilyorning o'zi ham yaxshi bilsa kerak (kuladi) Doim u bilan birga bo'lamiz. Menimcha, shu mehnatlar tufayli shu darajaga chiqdim. Yana o'z ustimda ko'proq ishlashim kerak.

Sadriddin To'lanboyev
-   Oliy ligada sizga eng ko'p bosh og'riq bo'lgan hujumchilarni sanab o'ting ?
-   Aniq kimnidir aytish qiyin. CHunki xar bir o'yin o'ziga yarasha qiyin kechadi. Xar qanday jamoa “Neftchi”dek raqibni uydami yoki safardami mag'lub etishga jiddiy kirishadi. Agar yaxshiroq eslaydigan bo'lsam, yoshlar jamoasi safida o'ynab yurgan kezlarim Abdumalik Abdullaev hamda Ivan Nagaevlar menga ko'p bosh og'riq bo'lgan deb aytsam bo'ladi.

AMX
-   SHukurali, sizga bitta o'yinchi transferi tanlash imkon berilsa, qaysi o'yinchini “Neftchi”ga xarid qilgan bulardingiz?
-   Bizning ishimiz maydonda futbol o'ynash. “Neftchi”ga ko'proq kim kerakligini murabbiylar bilsa kerak. Savol bosh murabbiyga tegishli.

EURONEFTCHI
-   Nima uchun ijtimoiy tarmoqlarga kelayotgan xatlarga javob yozmaysiz ?
-   Imkon qadar muxlislar bilan yozishmalarni amalga oshirishga harakat qilaman. Bazan esa javob yoza olmasligim mumkin. CHunki xatlar juda ko'p va bir xil savollar bo'ladi. Oz fursatga internetga kirgan bo'lishim ham mumkin.

Neftchi Real muxlisi
-   Mag'lubiyat kutilgan o'yinlarda yani “Paxtakor” hamda “Nasaf”ga qarshi uchrashuvlarda g'alaba va durang natijalar qayd etildi. Ammo “So'g'diyona” “Andijon” va “SHo'rtan” kabi g'alaba qozonish imkoniyati yuqori bahslar boy berildi. Bu borada fikringiz ?
-   Yaxshi va o'rinli savol bo'ldi.  “So'g'diyona” “Andijon” va “SHo'rtan” bilan bahslarda biroz omad etishmadi deb o'ylayman. Futbol o'zi shunaqa. “Nasaf”ga qarshi bahsda ham g'alaba qilishimiz mumkin edi. Bu borada ham omad kelmadi. “Paxtakor” bilan o'yinda men ishtirok etmaganman, - deb fikrlarini yakunlandi SHukur Po'latov.

 SHu tariqa navbatdagi loyixamizda Ixtiyorjon nikli muxlis g'olib bo'ldi. Ularni tabriklab qolamiz!

“Neftchi” futbolchisi SHukurali Po'latov ishtirok etgan “Muxlis savoli” loyixasi klub matbuot kotibi Hojiakbar Jabborov hamda klub operatori Rustamjon Meliboev bilan xamkorlikda tayyorlandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика