So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Muxlis minbari. Olimpiyachilarimizning o'z murabbiylari bor Yangiliklar

Muxlis minbari. Olimpiyachilarimizning o'z murabbiylari bor

Muxlis minbarining bu safargi soni O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Ummondagi o'yinlariga bag'ishlangandi.
Quyida o'quvchimiz tomonidan yuborilgan maqolani sizlarning hukmingizga taqdim etamiz. Oddiy muxlis tomonidan yozilgan maqolada xatolar bo'lishi mumkin, unga keskin fikr bildirmaysiz degan umidimiz bor.

To'g'risini aytadigan bo'lsam 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Turkiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan va Nepaldagi saralashga umumiy xulosa qilgan holatda, bu terma  jamoaga Ahmadjon Musaev bosh murabiylik qilsa kerak deb o'ylagan edim. Lekin keyinchalik Terma jamoalar markazi jamoaga SHuhrat Maqsudovni bosh murabiy etib sayladi.

To'g'ri SHuhrat Maqsudov futbolchilik vaqtida ham murabiylik vaqtida ham terma jamoamiz uchun  avvalo Vatan uchun tahsinga sazovor ishlar qildi, lekin SHuhrat Maqsudov Olimpiyachilarimizga bosh murabiy etib tayyinlanishidan aslo mani yshhq. CHunki Maqsudov milliy terma jamoa “odami” va  bir necha yillardan buyon milliy terma jamoada faoliyat yuritar edi. Agarda Maqsudovni milliy terma jamoaga bosh murabiy etib tayyinlaganlarida tushungan bo'lar edik lekin olimpiyachilar bu mutlaqo boshqa dunyo. Bu yosh toifasidagi futbolchilarni besh barmog'idek biladigan Musaev va  Estafeev borku axir. Ular bu terma jamoaning imkoniyatlari va o'yin falsafasini juda yaxshi  bilishadi va tabir joyiz bo'lsa bu futbolchilarini tarixini o'z qo'llari bilan yozishgan. Xozirgi tarkibni o'zlari shakllantirib har bir futbolchini o'zlari o'smirlar va yoshlar terma jamoalariga chaqirib o'zlari mashq qildirib kelishgan. Bu murabbiylar qaysi futbolchimiz qanaqa tezlikda yuguradi qaysi futbolchimiz qancha masofadan yaxshi zarbalar bera oladi qaysi futbolchimiz qancha muddatda o'zini tiklab ola oladi 24 soatdami yoki 72 soatda bularni barchasi Musaev va Estafeevga oydek ravshan edi chunki ular bu terma jamoani 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar termasi vaqtidan beri  boshqarishadi bu hazilakam gap emas. Maqsudov esa xozir olimpiya terma jamoasida “o'zga sayyora”likdek go'yo.

SHuningdek, aytib o'tish kerakki SHuhrat Maqsudov Ummondagi mundialga qarab fikrlaydigan bo'lsak milliy terma jamoada Abramov va Qosimovning yutuqlarini emas balkim kamchiliklarini o'zlashtirgandek tuyuldi (Avvalo bu so'zlarim uchun uzr so'rayman).

Ahamiyat bering Abramov vaqtida milliy termadagi eng katta muammo bu hujumlarning uzilib qolishi va to'p hujum vaqtida kerak bo'lsa darvozabongacha qaytarilib so'ngra yana qaytadan boshlanar edi, Ummondagi musobaqada ham shuni guvohi bo'ldik. Qanotdan Rashidov, Iskanderov yoki Maxstalievlar katta tezlikda hujumni boshlab berishadi va hujum chizig'iga oshirishadi Sergeevga yoki Abduxoliqovga to'p etib kelmay qoladi, Raqib termasi qarshi hujumga o'tadi, Sobirxo'jaev va Jo'raev maydon markazida to'pni olsa oldi, bo'lmasam darvozaga zarba berguncha raqib jamoasi deyarli qiyinchiliksiz maydonni bosib o'tadi. Yoki qanotdan kirib borayotgan futbolchilarimiz to'p uzatishga kelganda qarasalar hamma sheriklari yopiq va to'pni orqaroqqa uzatmoqdalar, shu tariqa to'p  darvozabongacha bormoqda (o'ylaymanki tushuntira oldim). Bu jarayonni biz Abramov vaqtida ko'p  ko'rar edik, Qosimov kelgach esa termada yangi muammo paydo bo'lgan edi: bu hujumchilarni  kuchsizlanishi va hujumchilar ikkinchi planga tushib qolib o'yinni katta qismi maydon markazidagi  ustunlikni taminlashga o'tib ketishi va markazdagi ustunlik evaziga o'yinni olib borish edi. Bunday  vaqtda hujumchilar ega bo'ladigan bir ikkita vaziyatni hisobga olmasa hujum chizig'i Qosimov  vaqtida umuman ishlamay qolgan vaqtlar bo'lmoqda.

Endi mavzuga qaytsam olimpiyachilarimizni ko'rar ekanmiz ko'p vaziyatda Rashidov, Maxstaliev  yoki Iskanderovlar qanotlardan huddi miliy termamizdagi Jasur Hasanov, Sanjar Tursunov va Server Jeparov singari hujumchilarga tepadan to'pni tashlab berishga urunishmoqda, lekin Sergeev va Abduxoliqov Ummondagi mundial davomida hujumchilarimiz uchta o'yin davomida deyarli  bironta ham qulay vaziyatga ega bo'la olmadilar. Qolaversa terma jamoamizda “Nasaf”da Usmon Toshev murabiyligi vaqtidagidek o'yin uslubini ko'rish mumkin yani termamizda bir yil oldin “Nasaf”da bo'lganidek qandaydur “princip” va “potencial” eng asosiysi o'yin falsafasi yo'qdek. Hali Maqsudov futbolchilarga o'zi nima xohlayotganini tushuntirib bera olmayapti futbolchilar esa o'zlari bilganicha tajribalariga tayanib o'ynashmoqda. O'yinda murabbiyning biron ko'rsatmasi yoki taktikasini ko'rmayapmiz. Maqsudov umumiy qilib nima xohlayotganini futbolchilarga tushuntirgani hamma futbolchilarga aynan bironta ko'rsatma bermagan yoki tushuntira olmagandek tuyuldi.

SHuningdek Bu terma jamoaga Maqsudov bosh murabbiy etib tayinlanishining sabablaridan biri  Estafeev Nepaldagi saralash bahslarida terma jamoani biroz qiyinchilik bilan Osiyo chempionatiga olib chiqqanligi va termamizni taqdiri guruhni boshqa ishtirokchilariga qarab qolganligida edi. Lekin Maqsudov ham xech qanday natija qayd eta olmadi balkim Estafeevni o'zida terma jamoa qoldirilganda xozir biz hech bo'lmasa Saudiya Arabistoni bilan 0:0 yoki 1:1 o'ynab chorak finalga yo'llanma olgan bo'larmidik?

Meni nazarimda bu termani vaqt borida Ahmadjon Musaev va Aleksey Estafeev tandemiga  topshirish kerak. Toki bu ikki murabiy ushbu terma jamoani nari berisi bilan 5 yildan beri boshqarib kelishmoqda nima bo'lganda ham bu bir maqola va shaxsiy fikr mulohazalarim. Kimgadir bu  fikrlarim og'ir botgan bo'lsa yoki SHuhrat Maqsudovga xurmatsizlikdey tuyuilayotgan bo'lsa yana bir  bor uzr. Men SHuhrat Maqsudovning mahorati va istedodiga shubha qilmayman ammo bo'lajak  olimpiyachilarning o'z murabiylari bor.

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика