Muxlis Anchelottidan saqich so'radi, murabbiy esa unga kutganidan ko'prog'ini tortiq qildi
23 jan 2023 19:55
Yangiliklar
Muxlis Anchelottidan saqich so'radi, murabbiy esa unga kutganidan ko'prog'ini tortiq qildi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Bilbaoning "Atletik"iga qarshi bahsda "San Mems" stadionidagi muxlisning istagini amalga oshirdi.
Tomoshabin italiyalik murabbiydan saqich so'radi, Karlo ota esa uga bir emas, ikkita saqich uzatdi.
Nega Anchelotti ko'p saqich chaynaydi? Takidlanishicha, "Yuventus" va "Milan"ning sobiq bosh murabbiyi o'yin paytida ko'p asabiylashardi.
Natijada, Anchelotti jahlni pasaytirish uchun sigaret chekardi.
Ammo keyinchalik stadionlarda chekish taqiqlangan, shuning uchun italiyalik mutaxassis nervlarni engishga yordam berishi uchun sigaretani saqich bilan almashtirgan.
2015 yil Anchelottidan qaysi saqichni afzal ko'rishini so'rashganida, murabbiy shunday degandi: "Karlos Karbaxosa (klub matbuot xizmati boshlig'i) yoqtiradiganidan. G'alati tuyulishi mumkin, lekin men har o'yinda 13 yoki 14 ta sachiq chaynayman".
Fikrlar