So’nggi yangiliklar

19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  1 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  9 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  0 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  1 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  13 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  2 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  39 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  4 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  25

Mutolaa uchun. Nima sababdan "Benfika"dagilar hali ham Mourinyuni ketkazib yuborganidan afsusda? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Nima sababdan "Benfika"dagilar hali ham Mourinyuni ketkazib yuborganidan afsusda?

Jozening faoliyatida uzoq bo'lmagan, biroq yodda qolarli voqea.

2000 yilning yozida yosh portugaliyalik mutaxassis 4 yil davomida ser Bobbi Robson va keyinchalik Lui van Galga assistentlik faoliyatidan keyin "Barselona"ni tark etdi. Robson uni "Nyukasl"da yordamchi bo'lishga ko'ndirgan bo'lsa ham o'shanda Joze o'zi murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyorligini his qilib turgandi. Futbol olami shu vaqtdan boshlab Mourinyuning murabbiylik potenciali haqida bong ura boshladi. SHu boisdan klubning o'sha paytdagi klub prezidenti Joao Vale jamoa bosh murabbiyi Yupp Xaynkesning o'rniga Joze Mourinyuni tayinladi.

Lissabon klubi o'sha vaqtlarda moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgandi, bu esa jamoaning natijalariga ham tasir qilayotgandi. O'sha tarkibda Mourinyu qo'l ostida Manishe, Karel Poborski, Robert Enke va Per van Xoydonk kabi futbolchilar bor edi. Per esa Mourinyuning yoqimtoyi hisoblanardi. Joze ushbu futbolchining xarakteri boshqa hech kimda yo'q deb aytardi. Umuman olganda Mourinyu uchun barcha teng huquqli bo'lgan, biroq baribir u Perda g'oliblik mentalitetini ko'rardi. Bunday xususiyatga ega futbolchilarni Joze doimo qadrlagan.

Bir vaqtning o'zida klubda ichki nizolar ham davom etayotgandi. Manuel Vilarino klub prezidentligi uchun Joao Vale bilan doimiy ravishda kurash olib borardi. U klub muxlislariga saylovda yutib chiqqan taqdirda jamoaga "Benfika"ning sobiq futbolchisi Tonini bosh murabbiyi qilib tayinlanishini va shu orqali g'alabalar kafolatlanishini vada qilgandi. Endi Mourinyu buyog'iga g'alabalarga erishishi kerak bo'lib qoldi.

Ilk o'yinda "Boavishta"dan uchralgan mag'lubiyatga qaramasdan Joze matbuotga o'z nuqtai nazarini singdirishga va klub rahbariyatidagi ishlar yaxshilanishini ishontirishga erisha oldi. Uning motivacion gaplari kiyinish xonasida futbolchilarga katta ishonch taqdim qilardi, bu ham o'z navbatida natijalarga tasir qila boshlagandi. Joze o'shanda o'zining kollektivini birlashtira oldi va jamoani har bir o'yindagi g'alaba uchun kurasha olishga undadi. Undan tashqari, Joze mashg'ulotlarda eskilik sarqitlaridan voz kechdi va yangicha innovacion uslublar orqali futbolchilarning jismoniy va taktik tayyorlanuvini o'zgacha darajada yaxshilab, kamchiliklarni yopib ketaverdi. Bu ham mevasini bermay qolmadi.

Jamoa g'alabalar yo'liga tushib oldi, Mourinyuning o'zi esa "Benfika" muxlislari orasida mashhur bo'lib ketdi. Saylovda Vilarino g'olib chiqdi, biroq u bunday pallada Mourni ishdan bo'shatishdan qo'rqdi va unga mavsum yakuniga qadar ishlash imkoniyatini berdi.

SHunday faktlar orqali Mourinyu yangi tayinlangan prezident oldida jamoani kuchaytirib tashladi. "Benfika" g'alabali seriyalar qayd etishni boshladi, jamoa amaldagi chempion "Sporting"ni 3:0 hisobida dog'da qoldirdi. Portugaliya grandining tarixida yangi sahifa ochilayotgandek edi, ammo Mourinyuning klubdagi kunlari oxirlab borayotgandi.

Yangi prezident Mourinyuni yomon ko'rishini barcha bilardi, u doim murabbiyga negativ ko'z bilan qarardi, shu sababli uning o'zi murabbiyning istefosini tezlashtirdi. "Sporting" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Vilarino murabbiyning xonasiga kirib Jozeni tabriklamoqchi bo'lgandi, biroq Mourinyu buni yaqqol istamadi va o'zini olib qochdi. U stol ustiga oyog'ini qo'ygancha rafiqasi bilan telefonda gaplashdi. U prezident yordamchisiga: "Menga uzoq muddatli shartnoma kerak, bunday bo'lmasa yo'llarimiz ayriladi".

Tabiiyki, rahbariyat Mourinyuning shartini qabul qilmadi va uni istefoga chiqarib yubordi. U so'nggi so'zi sifatida, o'sha paytda o'zini boshqacha tutishi kerakligini va shunga yarasha jazolanganini aytib o'tdi. Ammo keyinchalik undan ko'ra Vilarino bundan ko'proq afsuslandi. Mourinyu "Portu" bilan birgalikda UEFA Kubogini yutdi va oradan bir yil o'tib ECHL bosh sovrini ham qo'lga kiritildi. Joze faoliyati davomida o'z principlarini o'zgartirmadi. O'shanda u futbol tarixiga porlab kirib kelgandi, faoliyati va sovrinlari esa - Mourino obrazining kichik bir qismi.

"Benfika" o'sha vaqtdan buyon xalqaro sovrinlarga erishganicha yo'q, shu boisdan klub Mourinyuni ketkazib yuborganidan afsusda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика