So’nggi yangiliklar

00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  58 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  27 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0

Mutolaa uchun. Messi "Barsa"dan to'rtinchi marta "ketyapti" Yangiliklar

Mutolaa uchun. Messi "Barsa"dan to'rtinchi marta "ketyapti"

Yakunda yana hammasi ijobiy tugab, yangi shartnoma tuziladi(mi)?

Ispaniya matbuoti (hammaci Cadena SER radiosidan boshlangan) muhim insayd xabarni taqdim etdi:

Leo Messi "Barselona"ni 2021 yilda, shartnoma muddati tugashi bilan tark etmoqchi.

Yaqinda yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar hech bir muammosiz davom etayotgani haqida yangiliklar paydo bo'lgandi. Leoning o'zi esa jamoaga yordam bera olmasligini his qilganida, "Barselona"dan ketishini aytgandi. SHu paytgacha nima o'zgardi? Ikkita muhim jihat:

1. So'nggi natijalar va muvaffaqiyatsizliklardan Messining ko'ngli qoldi. "Barca" o'zini yo'qotib qo'ydi va "Real" chempion bo'lish arafasida. Oldinda yutish qiyin bo'lgan CHempionlar Ligasi qoldi, xolos.

2. Kataloniyaliklarning echinish xonasidagi "zaharli" atmosfera va Josep Bartomeuning jamoa bilan chiqishib keta olmayotgani haqida allaqachon hamma biladi. Ammo Messi uchun asosiy muammo - bu norozilik haqida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda tarqatilayotgan xabarlar. Bundan tashqari, Leoning fikriga ko'ra, "echinish xonasi" va "jamoa" so'zlari har doim uning nomi bilan chambarchas bog'lab kelinadi. Leo esa bundan norozi. 

Ammo bularning barchasi hech narsani anglatmasa-da, shuni tushunish kerakki, OAV Messining ketishiga birinchi marta shama qilayotgani yo'q (faqat so'nggi ikki yil tinch o'tdi). Bungacha Leo doimiy ravishda "Barca"ni "qo'rqitgan".

- Birinchi yirik mojaro 2014 yilda – Jozep Bartomeu hukmronligining dastlabki yilida yuz berdi. Top-menejerlardan biri Xaver Faus Messining yorqin mavsumidan keyin shartnomani qayta imzolash uchun hech qanday sabab ko'rmayotgani va bu pul nuqtayi nazaridan foydali emas degandi. 

Leo bundan g'azablangandi: "Faus futbolda hech narsani tushunmaydi. U "Barselona"ni biznes-loyiha sifatida boshqarishga harakat qilmoqda, biroq bu shunchaki biznes emas".

Matbuotda top-klublarning qiziqishlari haqida mish-mishlar tarqaldi – jurnalistlar Messi PSJ, "CHelsi", "Manchester Siti" va hatto "Real"dan boshpana topishga tayyorligi, "Barsa" esa uni 250 million evroga sotmoqchiligini aytishdi. Faus uzr so'radi, Messi hech qayoqqa ketishni rejalashtirmaganligi va 2014 yilgi Jahon chempionati oldidan yangi shartnoma imzolanganini aytdi.

- 2015 yilning yanvar oyida Messi Luis Enrike bilan janjallashib qoldi – "Barselona" bosh murabbiyi chempionlik uchun kurash avj pallaga kirganda yulduzni zaxirada ushlab turdi. Jamoa etakchisi va murabbiy hatto gaplashmay qo'yishdi (buni keyinchalik Luis Enrikening o'zi tasdiqlagan). Insayderlarning takidlashicha, Leo shaxsan Jozep Bartomeuning oldiga borib, "yo men, yo Enrike" deya shart qo'ygan. Ijtimoiy tarmoqlarda argentinalik "CHelsi" klubi va uning futbolchilari sahifisiga obuna bo'lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Hammasi tinchlik bilan tugadi: sport direktori Andoni Subisarreta ishdan bo'shatilib, Messi tarkibga qaytdi, Enrike bilan munosabatlar tiklandi va futbolchi na "CHelsi", na "Manchester Siti"ga o'tmayotganligini aytdi.

"Men hech kimni ishdan bo'shatishni so'ramadim. Yolg'onlardan charchadim. Odamlarga xuddi klubni men boshqarayotgandek tuyuladi, biroq unday emas”.

Leo maydonga qaytgach, "Barselona" "Real"ga etib oldi, yakunda esa chempion bo'ldi.

- U 2016 va 2017 yillarda ketma-ket sudlar tufayli yana muammoga duch keldi. Ispaniyada futbolchilar uchun imij huquqlariga soliq imtiyozlari bekor qilingandan so'ng, Leo qonun bilan bog'liq muammolarga yo'liqdi. Keyinchalik Messi mamlakatni tark etishni xohlayotnini tan oldi.

"O'sha paytda, soliq bilan bog'liq muammolar tufayli ketishni xohladim. Gap "Barsa" haqida emasdi – men umuman Ispaniyani tark etmoqchi edim.
Bu erda menga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lishayotganini his qildim va qolishni istamadim. Bu men va oilam uchun og'ir davr edi. Odamlar o'sha paytda nimalar bo'lganini bilishmaydi. Menda bunday holat birinchi marta kuzatilgani bois qiyin kechgandi. Hayriyatki, o'g'lim o'sha vaqtda juda kichik edi va hech narsani tushunmasdi. Qiyin davr bo'lgan. Rasmiy takliflar yo'q edi, men har doim "Barselona"da o'ynashni xohlaganman", - deydi Messi. 

"Manchester Yunayted"ning qiziqishlari haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Messining ketib qolishidan hatto Xaver Tebas xavotirda edi – La Liga prezidenti Leo Krishtianu Ronaldudan farqli o'laroq, Ispaniya futboliga juda katta tasir o'tkazganini takidlab keladi.

- 2016 yining sentyabr oyida Messi "Nyuells Old Boyz" ga qaytish mavzusini ko'targan, oktyabr oyida yana "Manchester Siti"ning qiziqishi haqida gapira boshlashdi va bu haqda futbol olamida mashhur bo'lgan, obro'li nashr Mundo Deportivo xabar berdi. Gvardiola va "Siti" bosh direktori Ferran Soriano ushbu transferni rasmiy ravishda OAVda rad etishdi, biroq Pep ehtiyotkorlik bilan agar Leo Kataloniyani tark etishga qaror qilsa, "shaharliklar"ning eshiklari u uchun har doim ochiq bo'lishini aytdi.

4 oydan keyin Messi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzoladi (hozircha oxirgisi). SHartnoma 2021 yil yozigacha amal qiladi.

Fox Sports: Messi 1 yildan keyin "Manchester Siti"ga o'tadi

Cadena SER: Messi "Barselona" bilan tuzilgan shartnoma muddati tugasa, jamoadan ketadi

Eurosport: Messi "Barselona"dan ketadimi?

The Sun: Lionel Messi 2021 yilda "Barselona"dan ketadi


Ana shunaqa gaplar. Siz nima deb o'ylaysiz? Messi qoladimi yoki ketadimi? 


SHerzod Nurmatov tayyorladi.  

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика