So’nggi yangiliklar

09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  0 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  0 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  3 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4

Mutolaa uchun. Londonga qaytayotgan Pochettinoning "CHelsi"dagi 5 ustuvor vazifasi Yangiliklar

Mutolaa uchun. Londonga qaytayotgan Pochettinoning "CHelsi"dagi 5 ustuvor vazifasi

Maurisio Pochettino rasman "CHelsi" boshqaruvini qo'liga oldi.

Parijdagi unchalik omadli bo'lmagan davridan keyin mutaxassis o'zining jonajon Londoniga qaytdi. Argentinalik murabbiyning o'zi "CHelsi"ning taklifiga tezda rozilik berganini, chunki doimo "risk" qilishni yoqtirishini aytib o'tdi. "CHelsi"da esa o'tgan mavsum "proval" tarzda o'tdi. "Ko'klar"ga endi ichki tartibni yaxshilaydigan murabbiy kerak. Xo'sh, Pochettinoning "CHelsi"dagi asosiy vazifalari nimalardan iborat bo'ladi?

Tarkibni tozalashda davom etishi kerak

Iyun oyi oxirlarida "CHelsi"da transferlar bo'yicha katta burilishlar bo'ldi. Klub o'z balansini va moliyaviy holatini yaxshilab oldi. Kichik davr ichida jamoadan 8 futbolchi ketdi.

Eduar Mendi, Kalidu Kulibali va N’Golo Kante Saudiya Arabistoniga yo'l olgan bo'lsa, Kay Xaverc "Arsenal", Meyson Maunt "Manchester Yunayted" va Mateo Kovachich "Manchester Siti" variantini tanladi. Ruben Loftus-CHik yangicha chaqiruvlarni istadi va "Milan"ga o'tdi, Sesar Aspilikueta esa vatanida "Atletiko" sharafini himoya qiladigan bo'ldi.

Hozircha ushbu ketishlarga Pochettinoning qanchalik tasiri bo'lganini bilmaymiz, biroq futbolchilarning ommaviy tarzda ketishida baribir u ham "kurs"ga qo'yiladi. Hozirda Hakim Ziesh hamda Kristian Pulishichning jamoadan ketishi deyarli aniqlashmoqda. Romelu Lukakuning esa kelajagiga oydinlik kiritilmadi.

Birdamlik yaratish kerak

Futbolchilarning sotuvi shunday pallada juda muhim edi. Lekin jamoadagi birdamlik o'zidan-o'zi yo'qolishi mumkin bo'lgan jihatlar bor, masalan, tarkibdagi tajribali futbolchilarning ketganidan keyin ularning o'rnini yangilar egallashi. Pochettino juda og'ir ahvolda qolgan jamoani qabul qilib oldi va endi yigitlarini "Stemford Brij"ga g'alabalar olib kelishiga o'rgatishi kerak. Lekin buning uchun jamoada birdamlik bo'lishi, barcha bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi kerak. Aslida bunday jihat o'tgan mavsumni inobatga olmasa, oldingi mavsumlarda bor edi.

Etiborni Pochettinoning ilk intervyusidagi bir iqtibosiga qaratamiz. U barchasini to'ppa-to'g'ri tushunib turibdi:

"Klub uchun qayg'uradigan, muxlislarini o'ylaydigan, libosidagi emblema uchun borini beradigan jamoa bo'lishimiz kerak. Bu eng asosiysi. Muxlislar ham futbolchilar bilan bir xildek bo'lishi va klub uchun so'nggi nafasgacha kurasha olishi lozim. Bu kayfiyatning ko'tarilishiga, barchamiz bir-birimiz bilan g'ururlanishimizga olib keladigan asosiy narsa".

Yangi sardor tanlash kerak

So'nggi 7 oy mobaynida "CHelsi" o'z sardori va vice-sardorini yo'qotdi. Avvaliga Jorjino jamoadan ketdi, endi esa Aspilikueta. Endi Pochettino yangi mavsum oldidan etakchi tanlab olishi kerak bo'ladi. Muammo shundaki, hozir "CHelsi"da klubni qadrlaydigan, barchani oldinga etaklay oladigan tajribali futbolchilar soni chegaralanib qoldi.

Hozirda eng ideal variant Tyago Silva bo'ladi, u o'tgan mavsumda jamoada sardorlik qila oldi, biroq hozirda uning to'laqonli asosiy tarkibda o'ynashiga kafolat yo'q. O'z navbatida klub akademiyasi tarbiyalnuvchisi, sifatli futbolchi Ris Jeyms ham sardorlikka loyiq sifatida ko'rinishi mumkin. Agarda gap tajriba haqida ketsa, Rahim Sterling hamda Ben CHiluell ham ideal variant bo'lishi mumkin. Pochettinoning kimni etakchi sifatida tanlashi ham qiziqarli holat bo'ladi.

Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash kerak

Garchi "CHelsi" futbolchilari kamera oldida yaxshi ko'rinishsa-da, Pochettino futbolchilarga qatiy munosabatda bo'lmoqda va mavsumoldi yig'inlarda o'z yigitlarining jismoniy holatini yaxshilash uchun keragidan ham ko'proq jismoniy yuklamalar berdi. Bu esa yigitlarning pressingda yaxshiroq ishlashi va harakatlarga boy bo'lishini taminlaydi. Mish-mishlarga qaraganda "CHelsi" futbolchilari ikki hafta davomida to'p ko'rmasdan, argentinalik murabbiyning metodlari ostida faqatgina jismoniy jihatga ishlov berishgan.

Bu esa futbolchilarning optimal holatiga kiritishda yordam beradi. O'tgan mavsum davomida jamoaning vaqtinchalik murabbiyi Frenk Lempard futbolchilarning jismoniy holati juda yomonligini aytgandi. SHuningdek, mavsumning katta qismi futbolchilarning jarohatlarga qarshi kurashishi bilan o'tdi. Balki bu Grem Potterning qo'l ostidagi futbolchilari ko'payib ketgani sababli bo'lishi ham mumkin. CHunki murabbiyning mashg'ulotlarida ko'p muammolar yuzaga kelgan, ayrim futbolchilar hattoki alohida shug'ullanishga majbur bo'lgan.

Kadrlar siyosatiga qattiq ahamiyat berish kerak

O'tgan mavsumning yakunlarida "CHelsi" yozgi transferlar oynasi vaqtida ko'plab futbolchilarining ketishi borasida mish-mishlar urchishni boshlagandi. Bu o'z navbatida amalda ham tasliqdandi va klub jamoadagi kadrlarni "qayta qurishni" boshladi. Garchi klub so'nggi 12 oy davomida transferlar uchun katta mablag' ishlatgan bo'lsa-da, hali yana bir qancha futbolchilar olish kerak.

Masalan, yarim himoyachilar. "CHelsi" hozirda "Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedo bilan muzokaralar olib bormoqda. SHuningdek, klub endi Meyson Mauntning o'rnini yopadigan futbolchi topishi kerak. Undan tashqari, hujumlarni yakunlaydigan hamyonbop hujumchi ham. Agarda klub hujumchi sotib ololmasa, balki, Kristofer Nkunku hujumdagi so'nggi futbolchi rolini bajarishi ham mumkin. Franciyalik futbolchi Bundesligadagi o'yinlari orqali gollar ura olishini namoyish qilgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика