So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Mutolaa uchun. Karrik va MakKenna nima uchun Sulsherga kerak? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Karrik va MakKenna nima uchun Sulsherga kerak?

Safar o'yinlari yakuniga etganidan keyin Sulsher matbuot vakillari bilan suhbatlashishiga to'g'ri keladi.

"Yunayted" ofisidagi barcha ishlarni bajarishadi.

Zamonaviy futbol shunday katta tezlikda o'zgarmoqdaki, barcha klublar ham oldingidek o'yinlardan keyin ananaviy suhbatlar yoki pivo ichish odatini bajarish uchun vaqt etkaza olmayapti, biroq "Yunayted" bunga vaqt topmoqda. Undan tashqari, yosh yordamchilar, yani, 38 va 33 yoshga kirgan MakKenna va Karrik o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda va ko'plab shunday uchrashuvlarda qatnashishmoqda.

"Aytishim kerakki, ular juda, juda yoqimli yigitlar. SHuningdek, kamtar va barcha narsani tez tushunib olishadi!", - dedi ularning APLdagi ayrim kasbdoshlari.

Faoliyati ikki xil ko'rinish olganiga qaramasdan Karrik va MakKennaning "Yunayted" murabbiylar shtabidagi o'rni yuqori. Aytishlariga ko'ra, ularning xarakteri boshqalarnikidan ajralib turadi. Ular Sulsher faoliyatida ham katta rol o'ynamoqda: Maykl va Kiran mashg'ulotlarning katta qismini o'tishida o'z hissasini qo'shadi va "Manchester Yunayted" darajasidagi klub tarkibida o'ynayotgan futbolchilarning vazifasini tushuntirib beradi.

Albatta, Karrikda katta tajriba bor. U qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan, APLning 5ta va ECHL sovrini shular jumlasidan.

"Ularni barcha hurmat qiladi", - dedi manba.

"Ularning tasiri katta. U murabbiy, shu boisdan u o'zining futbolchilik faoliyatidagi aql bovar qilmas tajribasini futbolchilarga singdirishga intiladi".

Jarohati sababli MakKennaning futbol faoliyati qisqa bo'ldi. U 2009 yilda butsalarini mixga ilgandi, o'shanda atigi 23 yoshda edi. "Tottenxem"da uning oyog'i son qismida muammosi paydo bo'ldi va shu sababli murabbiy bo'lishga qaror qildi. 2017 yilning iyun oyida u FIFA Pro-licenziyasini qo'lga kiritdi.

"Mayda detallarni tezda tushunib olayotganidan hayratda qolganman, u juda ham yaxshi va ishtiyoqqa to'la yigit", - dedi uni o'sha licenziyaga o'qitgan menejer.

MakKenna jarohati sababli futbolchilar faoliyatini endi boshlaydigan paytda uni tugatgan.

Biroq "Yunayted"da barchaga katta etibor beriladi, har bir kishining o'ziga xos qarashlari bor, shu sababli jamoaning jismoniy holati yomon bo'lganida tayyorgarlik haqida savollar tug'iladi.

Ayrim murabbiylar Karrikning kamgapligini aytishadi, o'z navbatida uning bu xislati o'yin vaqtida "u futbolchilarga baqiradimi" degan xayolga kelamiz.

"U futbolchilik davrida kiyinish xonasidagi eng kamgaplardan biri edi"

MakKenna SHimoliy Irlandiyadagi Enniskillenda tavallud topgan. Bunga qadar u 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni shug'ullantirgandi, keyinchalik u 2018 yilda "Yunayted"ning sobiq ustozi Joze Mourinyudan taklif oldi va istefoga chiqqan Rui Fariyaning o'rniga ishga olindi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, boshida jamoaning tajribali futbolchilari uning ko'rsatmalariga amal qilishni istashmagan, shuningdek, rahbariyat ham Kiranning metodlarini bilmagani uchun, unga doimo shubha bilan qaragan.

Boshqa bir jamoaning futbolchilaridan biri o'yin amaliyoti kam yosh murabbiylar haqida o'z fikrini bildirdi:

"Menimcha, bu juda ham qiyin holat, biroq u yaxshi bo'lgani uchun ishonib ishga olgansiz".

Boshqa bir manba shunday deydi:

"Odamlarga doimo vaqt kerak, sen eng zo'ri bo'lsang ham qisqa muddatda o'zgarishlar qila olmaysan. Agarda unga imkoniyat bersang, natija ham seni ko'p kuttirmaydi. Murabbiy yoqmayotgan bo'lsa, futbolchilar ham o'z vazifalarini bajarishdan charchashadi. Biroq MakKennada bunday holat kuzatilmadi".

Karrik va MakKenna koronavirus pandemiyasiga qadar "Yunayted"ning mag'lubiyatsiz seriyasida Sulsherning jamoasi uchun katta hissa qo'shdi va bu ham ularning foydasiga rol o'ynadi.

Markus Reshford, Antoni Marsial, Xarri Maguayr, Skott Maktominey, Deniel Jeyms va Lyuk SHou ushbu mavsumda oldinga katta qadam tashlashdi. Aaron van-Bissaka hamda Fred individual mashg'ulotlar sababli jamoada katta o'ringa ega bo'ldi.

Oldinroq Fred ham maslahat berish bobida Karrikdan zo'ri bo'lmasligini aytgandi:

"U moslashish plani va o'tish davrida menga juda katta yordam berdi", - dedi Fred.

"Har bir mashg'ulotdan keyin biz vaziyatni yakunlash va paslar borasida ishlaymiz. U o'yinni yaxshi tushunadi, katta tajribaga ega, shuningdek, qiyinchiliklar va etishmovchiliklarni yaxshi biladi. Maykl buni menga ko'rsatishda charchamaydi".

Karrik sababli MYU 52 million funtlik yarim himoyachisini o'ziga keltirib oldi

Karrik, undan tashqari, Pogbaga ham jismoniy holatini tezda yaxshilashi uchun ishtiyoq bermoqda, u franciyalikka individual mashg'ulotlar tayinlagan.

Manba shunday deydi:

"Qachonki Maykl: "To'pni aynan shu nuqtaga yo'naltirishingni istayman", - deb turib, o'zi ikki himoyachining ustidan to'pni tepib ko'rsatib berganida, juda ham chiroyli ko'rinadi. Futbolchilar ham buni tez-tez takrorlashadi. Biror futbolchi murabbiyi o'zidan yaxshi futbol o'ynashini istamaydi".

2017/18 yilgi mavsum yakunlanganida Mourinyu ajoyib tashabbus bilan chiqdi, Karrikning faoliyati yakunlanganidan keyin uni murabbiylar shtabida olib qoldi:

"O'shanda Joze ayrim muammolarni Maykl orqali hal qilinishini tushungandi"

"U juda ham xotirjam va tartibli inson. U Karrrik aytgan barcha gaplarni tushunadi. Futbolchilarning o'zini tutishi, murabbiylarni tinglashi va barcha ko'rsatmalarga quloq solishida ham Mayklning hissasi etarlicha"

Ues Braun va Karrik 2008 yili ECHL sovrini bilan

"Yunayted"ning sobiq futbolchisining aytishiga ko'ra, futbolchilik faoliyati davrida Karrik boshqalar bilan suhbat qurgani doimo vaqt topgan.

"U yosh futbolchilarga juda ham yaxshi munosabatda edi. Agarda u bilan biror binoning yonida yoki fizioterapevt qabulida uchrashib qolsangiz, u siz bilan suhbatlashish uchun to'xtardi. Futbolchilar ham uning maslahatlariga quloq solishgan. Maykl - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo'lgan"

MakKenna esa futbolchilar bilan bunday muloqotga kirishib ketadigan inson emas, tan olish kerak - bunday bo'lish hammaga ham emas, ammo futbolchilik faoliyatini erta yakunlagan bo'lishiga qaramay Kiranning murabbiylik tajribasi juda katta.

"Kiran - aqlli va qatiyatli inson", - dedi uning yaqin insoni.

"Pro-Licenziyaga o'qish vaqtida u doimiy savol berib, o'zining bilimlarini ko'proq boyitgan yigirmadan bir odam. U barchasini tezroq tushunib olish uchun ham o'z falsafasini o'zgartirmagan"

Karrik ham buni tan oladi:

"Kiran menga katta yordam berayotganini tan olib o'tish kerak", - dedi Maykl Karrik 2019 yil yanvarida.

"Uning murabbiylikdagi tajribasi yuqori. Uning har bir harakatlari men uchun yangilik bo'lmoqda, shu boisdan men hali ham talim olish jarayonidaman"

Kiranning hayot yo'lini Brendan Rojersnikiga o'xshatsak bo'ladi. Qizig'i shundaki, Rojers "Liverpul" murabbiyligini o'z qo'liga olganida MakKenna ham "Enfild"da ish boshlashi mumkin edi, ammo u so'nggi lahzada "Tottenxem" yoshlar jamoasida qolishga qaror qilgan. O'sha erda u shug'ullantirgan futbolchi uning eng yaxshi murabbiy ekanligini aytdi:

"U men bilan juda ham yaxshi bo'lgan, shu sababli har kuni men maksimum kuchimni sarflardim".

Bolaligidan MYU muxlisi bo'lsa ham MakKenna 2016 yili "Old Trafford"dan olingan taklifga ijobiy javob bera olmadi.

Yoshlar futboliga qiziquvchilarning aytishiga ko'ra, uning jamoasi ajoyib o'ynagan: gavdali himoyachilar, yarim himoyadagi o'zgartirilmas trio, hujumchilarning ideal o'yinlari. Bir marta jamoasining yoshlar o'rtasidagi Angliya Kubogi doirasidagi o'yinida janjal ham bo'lib ketgan ekan.

"Uni jahldor deya olmayman. Ayta olamanki, u qilayotgan ishini bilib turadi"

"Undagi bunday ishonch tinimsiz izlanishlar va tayyorgarlik natijasi"

MakKennaning asosiy jamoadagi faoliyati akademiyaga ham bevosita tasir qilmoqda. Kiran ushbu mavsumda zaxira jamoasining ko'plab o'yinlariga tashrif buyurdi va bir o'yindan keyin u jamoaning kiyinish xonasiga ham kirib bordi. Bu avgust oyida "Reding"ga qarshi o'yindan keyin sodir bo'ldi, o'shanda "Yunayted" yoshlari chiroyli o'yin ko'rsatib, 2:0 hisobida g'alabaga erishgandi. Yosh yigitlar 20 daqiqa mobaynida MakKennaning klub haqidagi fikrlarini tinglashdi.

O'sha kuni "Li Sports Villij" kiyinish xonasida Brendon Uilyams ham bo'lgandi. MakKennaning akademiyani yaxshiroq bilishi klubga ham juda foydali bo'ldi. SHuningdek, Meyson Grinvudning ham ushbu mavsumdagi o'yinlaridan zavq olyapmiz.

"Asosiy jamoada o'ynay boshlashi bilan, ular shaxsiyat haqida ko'proq bilishlari kerak. Buni istamaganlar esa hech qaysi klubga kerak bo'lmaydi", - degandi o'shanda MakKenna.

"Katta stadionning psixologik devori bosimi bo'ladi, bunga esa barcha yaxshi tasirlana olishi kerak. Umid qilamanki, yoshlar buni tezda bo'ysundira olishadi"

Sulsherning o'zi ham ajoyib murabbiy, u  Ser Aleks Fergyusonning yo'lidan ketmoqda va o'z yordamchilariga qattiq ishonadi. Futbolchilarning jismoniy holati va jismoniy yuklamalarga javob beradigan Martin Pertuga ham u ishonch bildirgan. Undan tashqari, turnirlardagi g'oliblik tajribasi va mashhur futbolchilar bilan birga ishlagan Mayk Felan ham shular jumlasidan.

Ayrimlar o'yin vaqtida Felanning Sulsher yonida o'tirmasligi g'alati holat deb hisoblashadi. Biroq bir narsani hisobga olish kerak, ayni damda Felandan ko'ra Kiran va Mayklga ko'proq dars va amaliyot kerak - bu esa bilim olishning ajoyib imkoniyati.

Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, ushbu juftlik asosiy jamoaning mashg'ulotini ham o'z bo'yniga olishni uddalaydi. Buni biz ushbu mavsum noyabr oyida Sulsher va Felan yosh tarkibni "Astana"ga qarshi o'yinga olib ketib, asosiy yulduzlarni ularning qo'liga tashlab ketganidan bilsak bo'ladi.

Biroq keyinchalik APL doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'yin unchalik chiroyli yakunlanmadi. Oradan vaqt o'tib, "Tottenxem" va "Manchester Siti" tor-mor etildi. Demak, futbolchilar o'z murabbiyi 6500 km uzoqda bo'lganida ham o'zlarining holatini yo'qotib qo'yishmagan.

"Hozirgi tizim yaxshi ishlayapti va futbolchilar tezda ko'nikishmoqda, bu rost. Lekin, masalan, uch markaziy himoyachili taktikani xavf ostiga qo'ymaslik kerak. Ha, bu mavsumda katta foyda berishi mumkin, "Yunayted" ham o'z navbatida katta o'yinlarda buni amalga oshirdi, biroq aytishim mumkin - qo'lga kiritilgan natijalarning barchasi mashg'ulotlar samarasi".

SHu sababli Felanning "NHS" uchun mablag' yig'ib bergan strimida aytgan gaplari qiziqarli tus olmoqda:

"O'z vaqtida oldinga qadam tashlab, o'z futbolchilariga bosim berib, ularni yanada yaxshilash darajasiga etib kelganimiz juda ham muhim", - degandi u.

U yosh murabbiylarga shunday tavsiyalar bergandi:

"O'zingizga bo'lgan ishonchni saqlab qoling. Agarda birovlarning ishini qaytarmoqchi bo'lsangiz, bu sezilib qoladi. Lekin boshidanoq o'z yo'lingizni o'zgartirmasangiz, albatta qachondir porlaysiz".

Karrik va MakKennada shunday bo'lmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика