So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Mutolaa uchun. "Kardiff" samolyot yo'qolganidan so'ng Salani sug'urta qilmoqchi bo'lgan. Nima-nima? Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Kardiff" samolyot yo'qolganidan so'ng Salani sug'urta qilmoqchi bo'lgan. Nima-nima?

Klub barchasini rad etmoqda, ammo boshqa ko'rsatmalar ham bor.


2019 yilning yanvarida argentinalik forvard Emiliano Sala vafot etdi. U Nantdan Kardiffga uchgan samolyot aviahalokatga uchradi.

Ayrim tafsilotlar to'rt yildan so'ng ham ochilmoqda.


"Kardiff" o'limdan keyingi kuniyoq Salani sug'urta qilishga uringan


Bu haqda Oliy sudga kelib tushgan hujjatlarga tayanib BBC xabar bermoqda. Bu mavzu bo'yicha hozirda nima malum bo'ldi va sal oldinroq nima yozishgandi:

• "Kardiff" 2019 yilning 22 yanvarida sug'urta xizmatini taqdim etadiganlarga pochta orqali bog'lanib, o'yinchini 20 million funtga sug'urta qilishga uringan. Samolyot bir kun oldin radardan g'oyib bo'lgandi.

• Sug'urta xizmatlari bozorida brokerlik ishlari bilan shug'ullanadigan Miller Insurance LLP firmasi "Kardiff" Salani vaqtida sug'urta qilishga ulgurmaganini malum qildi.

• Klub 10 mln funtdan ortiqroq to'lovni talab qilmoqda. "Kardiff" rahbarlari brokerlar yangi transfer borasida o'yinchini sug'urta qilishning iloji yo'qligi haqida "o'z vaqtida ogohlantirish" berishmagan.

• Miller Insurance LPP advokatlari shartnomalar sug'urta qilinmaganiga ishontirish uchun klub bosslari ortidan yurmasliklari shartmasligini aniqlashdi. Ular brokerlar "Kardiff"ni bir necha bor oqibatlar haqida ogohlantirishganini takidlashmoqda, sababi yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolash va uni sug'urta qildirish kerakligi haqida xabar berish o'rtasida vaqt mavjud.



Salani sug'urta qilishga uringani haqidagi yangiliklardan so'ng "Kardiff" rasmiy saytida bayonot bilan chiqdi. Klub malumotlarni rad etmoqda. SHu bilan birga, xabarda o'yinchining familiyasi ko'rsatilmagan, faqatgina ismi – Emiliano.


Uzoq sudlar "Kardiff"ga transfer taqiqi va klubni to'lashiga olib keldi


"Nant" darhol "Kardiff"ni to'lashga undadi va sudda o'zining haqligini isbotladi. Ish 3,5 yilga cho'zildi.

• "Kardiff" avvaliga o'yinchi uchun 15 million funt sterling berishi kerak edi, ammo francuz tomoni shartnoma shartlarini to'liq bajarmagani, Sala esa Premer-liga futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tmaganini aytib, rad javobini berdi.

• "Nant" transfer FIFA qoidalariga mos kelgani va xalqaro transfer sertifikati Sala g'oyib bo'lgan kunda ro'yxatdan o'tganini davo qildi.

Yakunda Sport arbitraj sudi (CAS) "Kardiff"ga olti million evro to'lashni yukladi – aynan shuncha pul o'yinchining o'tishi uchun klub qilishi kerak bo'lgan birinchi to'lov miqdori edi. Qaror 2022 yilning avgustida qabul qilindi.



"Kardiff" tragediyadan to'rt yil o'tib 2023 yilning yanvarida bu pulni to'ladi. BBC malumotiga ko'ra, mablag' sakkiz million evro atrofidagi pulni tashkil etdi (foizlar ham qo'shildi).

"Kardiff" FIFA va EFL'dan transferlar uchun taqiq oldi, ammo hozirda ikki taqiqni ham bekor qilishga umid qilmoqda. BBC xabariga ko'ra, EFL hozirda sankciyalarni bekor qilgan.

Klub transferlarga muhtoj, sababi CHempionshipdagi ishlar yaxshi ketmayapti: "Kardiff" noyabrdan beri g'alaba qozonmadi (barcha musobaqalarda o'nta o'yin) va tushib ketish hududi yonida yuribdi. So'nggi o'yinda esa Kubok doirasida "Lids"dan beshta gol qabul qilib oldi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика