So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  7 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Mutolaa uchun. Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etsa, uning o'rnini kim egallaydi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etsa, uning o'rnini kim egallaydi?

Kataloniyalik mutaxassis amaldagi Premer-liga chempionini tark etishi vaqti kelgan ko'rinadi.

Ammo uning o'rniga "Etixad Stedium"ga kim keladi?

"Manchester Siti"ning Premer-liga tomonidan 100 dan ortiq moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanayotgani hali bu ishning endigina boshlang'ich qismi. Biroq, ehtimol, "Etixad"da qaror qabul qiluvchilar uchun eng dolzarb va ayni paytdagi tashvish Pep Gvardiolaning klub bilan kelajagida bu nimalarni o'zgartiradi.

Avvalroq ularning uzoq yillik murabbiyi agar klub biror bir noto'g'ri ishda aybdor deb topilsa, klubdan ketishini aniq aytgan edi. "SHaharliklar" o'z nomini oqlaydigan jiddiy dalillarga ega ekanligini davo qilayotgan bo'lsa-da, Gvardiola klub bilan 2025 yilda yakun topadigan shantnomasining qolgan muddatini ishlab bera olmaydi.

SHunday qilib, aql bovar qilmaydigan narsa haqiqatga aylanishi mumkin. Aniqrog'i, "Manchester Siti" Gvardiolasiz qoladi, yani klub 2016 yilda boshqaruvni qo'lga olganidan beri deyarli har mavsum jamoani chempionlik sari etaklayotgan insondan ayriladi. Biz esa ispaniyalikning o'rnini kim egallashi mumkinligiga etibor qaratamiz.


Mikel Arteta

"Arsenal" muxlislari telefoningizni xona devoriga uloqtirishga shoshilmang, biz buni real ehtimollik deb aytmayapmiz.

Aytgancha, agar "Siti" hech bo'lmaganda Artetaning uzoq vaqt davomida Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlagan klubga qaytarishi mumkinligi haqida aytmasa, bu ahmoqlik bo'ladi.

Arteta shimoliy Londonda juda o'ziga xos narsa barpo etmoqda va u 2023/24 yilgi mavsumda ilk bor CHempionlar Ligasida o'z jamoasini boshqarishga tayyor.

U chindan ham kattaroq transfer byudjeti uchun shunday imkoniyatdan voz kechadimi? Albatta, yo'q.


Ange Posteko'g'li

Bu juda kutilmagan tanlov bo'lib tuyulishi mumkin, biroq bunga yuzaki baho berishga shoshilmaslik kerak. "Siti"ning Posteko'g'lini bosh murabbiy etib tayinlashi unchalik ham bemanilik emas.

Uning ushbu ro'yxatga kiritilishining asosiy sababi murabbiyning CFG ("City Football Group") klublar tarmog'ida ishlagan tajribasidir. 2021 yilda "Seltik"ka o'tishdan oldin Posteko'g'li CFG'ning Yaponiyadagi etakchi jamoasi "Yokogama F. Marinos" bilan uch yil samarali hamkorlik qildi av ularni 2019 yilda mamlakat J1 ligasi chempionligiga ektakladi.

Glazgoga kelganilan so'ng Posteko'g'lining obro'si sezilarli darajada oshdi. Avstraliyalik mutaxassis jamoaga SHotlandiyada ustunlikni "Reynjers"dan qaytarib olishga yordam berdi. U bu mavsumda qatorasiga ikkinchi mavsum chempionlikni taqdim qilmoqchi, uning jozibali o'yin uslubi, shuningdek, uning qanot himoyachilarini yarim himoyada to'pga o'ynatishga moyilligi uni Gvardiolaning mantiqiy davomchisiga aylantiradi.

Bu erda eng katta muammo Posteko'g'lining o'zi ishlayotganidan ancha yuqori darajadagi o'yinchilarni o'z ichiga olgan kiyinish xonasini boshqara olishida bo'ladi. Uning Evropadagi natijalari nihoyatda yaxshi holatda.

Uning "Seltik"dek jamoani katta bosim ostida bo'lsa ham boshqara olgani, u ushbu vazifani ham bajara olishini bildiradi.


Patrik Vieyra

CFG tajribasiga ega bo'lgan "Nyu York Siti" sobiq murabbiyi Patrik Vieyra so'nggi mavsumlarda "Kristal Pelas"dagi ishi uchun muxlislariga ega bo'ldi.

U 2021 yilda jamoani qabul qilib olganida "burgutlar"ning quyi ligaga tushib ketishi ehtimoli juda yuqori edi. Biroq franciyalik mutaxassis jamoani ajoyib tarzda oldinga chorlay oldi, u Roy Xojsondan qolgan kishanlarni bo'shatdi va "Pelas"ni Premer-liganing xavfsiz o'rta pog'onalariga olib chiqdi hamda Angliya Kubogi yarim finaliga qadar etib borishini taminladi.

Ushbu mavsumda ishlar yanada qiyinlashmoqda, ammo Vieyra hali ham kutilganidan yuqoriroq natija ko'rsatmoqda va agar u hozirgidek ishlashda davom etsa, unga kattaroq ish taklif qilinishi mumkin.

U "Nyu York Siti"ni boshqarishdan oldina sohadagi dastlabki tajribasini "Siti"ning yoshlar jamoalarida murabbiy bo'lib faoliyat yuritish orqali to'pladi, shu tufayli u klub egalarini qanday qilib xursand qilishni yaxshi biladi.

Vieyraning "Man Siti"ni boshqarishi hozir dargumondek tuyulishi mumkin, lekin vaqt o'tgach, unga shu maqsadda qo'ng'iroq qilishlari mumkin.


Tomas Tuxel

"CHelsi" tomonidan munozarali tarzda ishdan bo'shatilganidan so'ng Tuxel Hindistondagi sog'lomlashtirish markazida biroz hordiq chiqardi. U erda unga klublardan bir qancha qo'ng'iroqlar bo'ldi. Uning nega bunchalik talabchan ekanligini tushunish qiyin emas.

Grem Potter qo'l ostidagi "ko'klar"ning ko'rsatayotgan natijalari shuni bildiradiki, nemis mutaxassisi uchun istefoni qabul qilish juda qiyin bo'lgan. U Evropa futbolidagi istalgan o'rin uchun asosiy davogar bo'la oladi.

Ehtimoliy muammo shundaki, "shaharliklar" oxir-oqibat o'zining bo'sh qolgan jamoaning boshqaruv lavozimini to'ldirish uchnu izlanayotgan paytda Tuxel ushbu tanlovlar orasida bo'lmasligi mumkin. Agar Antonio Konte amaldagi shartnomasi tugaganidan keyin ketishga qaror qilsa, u "Tottenxem" boshqaruviga kirishishi mumkin. SHu bilan bir qatorda "Real", "Yuventus" va "Bavariya"da yaqin orada bo'sh ish joylari paydo bo'lish ehtimoli bor.

Bundan tashqari, uning shafqatsiz jangovar shaxsiyati "Man Siti"ni unga murojaat qilishdan qaytarishi mumkin.


Yulian Nagelsmann

"Bavariya" jamoasi Nagelsmanning usullarini qo'llab-quvvatlamayotgani haqida borgan sari gaplar ko'paymoqda. 

Myunxenliklar haligacha joriy mavsumda Robert Levandovskining ketishi va uning o'rniga olingan Sadio Manening jarohat olishi jamoaning Bundesligadagi o'yiniga tasir qilganini tan olishdan yiroq.

Maydon tashqarisida ham muammolar bor, jamoa sardori Manuel Noyer klubni qattiq tanqid qildi va Serj Gnabri Parij moda haftaligida qatnashib shov-shuvlarga sababchisiga aylandi.

Bu muammolar Nagelsmanning nazorati ostida bo'lmasa-da, CHempionlar Ligasidagi yana bir yomon o'yin uning "Bavariya"dagi faoliyatini juda erta tugatishga majbur qilishi mumkin. SHu tufayli agar "Siti" loyiha menejerini izlaydigan bo'lsa, nemis murabbiyi tez orada tayyor bo'ladi.

Nagelsmann zamonaviylikni his qiladi, uning yondashuvi klubning yangi, qiyin davrida jamoani etaklash uchun ideal nomzodga aylantiradi.


Zinedin Zidan

Zidan ancha muddat boshqaruv ishlaridan uzoqda bo'ldi. Unga takliflar bo'ldi, ayniqsa, AQSH terma jamoasidan, shu bilan birga uning Franciyada ishlashi borasida bahs munozaralar mavjud edi, ammo hozircha u eng qizg'in erkin agentlardan biri bo'lib qolmoqda.

Bir jihat juda g'alati tuyuladi, u "Real"ni ikki mavsum boshqarib, uch marta CHempionlar Ligasida chempion bo'lganiga qaramay, Zidan taktik manoda sayyoradagi eng yaxshi murabbiylar haqida gap ketganda kam tilga olinadi.

Bu, ehtimol, uning yondashuvida haddan tashqari keng tarqalgan falsafani aniqlash qiyinligi bilan bog'liq. Uning "Santyago Bernabeu"da jamoani tanlashda izchillik bor edi va u kiyinish xonasini mohirlik bilan boshqardi. Lekin u Gvardiola kabi shakl va yondashuvga berilib ketgan emas. Keyin yana kim?

SHu sababli Zidanni ishga yollash "Manchester Siti"ning yo'nalishi sezilarli darajada o'zgarishini anglatadi, ammo uning shu paytga qadar erishgan yutuqlari bilan bahslashish mumkin emas. Agar "shaharliklar" hozirgidek kuchli tarkibni saqlab qola olsa, Zidan ulardan o'ziga kerakli jamoani shakllantira oladi va klubning butun dunyoda bo'ylab obro'sini oshira oladi. Bu hech qachon hozirgidek muhim bo'lmagan.


Vensan Kompani

"Anderlext" bilan boshqaruvdagi birinchi qadamidan so'ng Kompani 2022/23 yilgi mavsum boshida "Byornli"ga kelganidan beri Angliyaning eng istiqbolli yosh murabbiylaridan biri sifatida obro' qozondi. 

Xarajatlar ustuni ortib borgan bir paytda belgiyalik mutaxassis jamoaning o'yin uslubini o'zgartirib yubordi, shu bilan birga u ajoyib natijalar qayd etdi. Ular Premer-ligaga ko'tarilish uchun yaxshi joylashib olgan ko'rinadi. Agar buni uddalashsa, ular bu ishni o'n yil davomida klubga xos SHon Daychning eskirgan taktikasidan farqli tanib bo'lmaydigan futbol uslubidan foydalangan holda qo'lga kiritishadi. 

Bularning barasi juda ruhlantiradi, uning "Manchester Siti" afsonasi ekani uning ishiga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, ehtimol, agar klubning quyi ligaga tushib ketishi tasdiqlansa, Kompani sobiq jamoasi unga murojaat qiladigan asosiy nomzodga aylanadi. U CHempionshipda qanday muvaffaqiyat qozonishni biladi va ayblovlar birinchi marta yuzaga chiqqanda u klubni omma oldida himoya qilib chiqdi.


Maurisio Pochettino

O'tgan yilning iyul oyida "Pari Sen-Jermen" tomonidan istefoga chiqarilganidan so'ng Pochettino o'z ishiga qaytishi kutilganidan ko'proq vaqt oldi.

Antonio Konte har safar qiyin o'yinlarni o'tkazganida uning "Tottenxem"ga "romantik" qaytishi tilga olinadi. "Everton" va "Lids"ga o'tish murabbiyning faoliyatida hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasa-da eslab o'tiladi.

Balki argentinalikning sabri o'zini oqlar.

Ro'yxatda Gvardiolaning ishini davom ettirish uchun yaxshi murabbiylar kamdek tuyuladi. Ayniqsa, agar "Siti" quyi ligaga tushirib yuborilsa yoki eng yaxshi yulduzlarini yo'qotsa, yangi murabbiy zimmasiga jamoani qayta qurish tutishi mumkin.

Uslubdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ikki murabbiy taktikasida o'xshashliklar bor. Pochettino, shuningdek, PSJdagi yuqori bosimli o'yinlarda o'zini yaxshi tuta oldi, garchi o'tgan mavsumda jamoa CHempionlar Ligasida "Real"dan ustun kela olmagan bo'lsa ham.

Uning "Siti"ga kelishi "Tottenxem" muxlislarining qalbini parchalarsa ham, ularning sevimlisi Parijda vaqtida uni qiynagan egoistlardan uzoqda, o'zining ideal kasbida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика