So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  8 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Mutaxassis chaqir! (ustoz Davlat Turdialiev xotirasiga bag'ishlanadi) Yangiliklar

Mutaxassis chaqir! (ustoz Davlat Turdialiev xotirasiga bag'ishlanadi)

Davlat Turdialiev. O'zbek sporti, xususan, futbol jurnalistikasida o'zidan yorqin iz qoldirgan ijodkor. Ikki yildirki, ko'pchiligimizga ustozlik qilgan inson oramizda yo'q.

Lekin u kishining aksariyat shogirdlari ustoz boshlab bergan ijod yo'lini davom ettirishyapti. SHunday jurnalistlardan biri Davron Fayziev Davlat akani xotirlash asnosida ustoz bilan birga ishlagan kezlari ro'y bergan voqealarni yodga oldi.

- 2010 yil. O'zim uchun ikkinchi uydek bo'lib qolgan, TV olamiga yo'l ochib bergan Yoshlar telekanalidan ketayotgandim, - deya so'z boshladi D.Fayziev. - Bir kun bunday qarorga kelishimni hech tasavvur qilmaganman. CHunki Yoshlar va u erda men bilan ishlaganlarni o'zimga juda yaqin ko'rardim. Ammo bir insonning taklifini rad etolmasdim. O'sha vaqtlardagi Sport telekanali direktori Davlat Turdialiev Yordaming kerak. Kanalni kuchaytirish uchun yangi kuchlarga ehtiyoj sezyapmiz..., deb qoldilar. Yo'q deya olmadim. Rahbar va xodimlarning faolligi evaziga kanalda ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Yangi dasturlar, translyaciyalar bo'yicha ishlar olib borildi.

Bir g'oya borasida bosh qotira boshlagandim. Qaysi davrada futboldan gap ochilmasin, qizg'in munozara kelib chiqishi aniq. Bazida bahs shu qadar qizib ketadiki, tortishayotganlarning asablari taranglashadi. Ayniqsa, qarama-qarshi klublarga muxlislik qiladiganlarning munozarasini kuzatishning o'zi bir o'zgacha manzara. Bu holatni dunyoning ko'plab futbol kanallari allaqachon ekranga olib chiqishgan. Bizda esa sport sharhlovchilari ofisida dahshatli qizg'in suhbatlar o'tkazilardi. Biroq tomoshabin ularni faqat efir orqali ko'rar, alohida ko'rsatuvlardagi yakka chiqishlarga guvoh bo'lardi. SHuncha diskussiya tashqarida qolib ketardi. SHu holatni efirga olib chiqishni maqsad qildim. CHunki futboldagi hafta voqealari borasidagi sharhlovchilarning o'zaro bahsi tomoshabin uchun qiziqarli bo'lishini taxmin qilgandim. G'oyani direktorga olib kirdim.

- Ruxsat bersangiz, bu dasturda asosan bahs bo'ladi, fikrlar qarama-qarshiligi, bazida esa asabiy holatlar ham ro'y beradi.

- Ishqilib, mushtlashib ketmaysizlarmi? (kulib)

- U darajaga bormas, lekin mikrofonlarni echib, tashlab chiqib ketilishi mumkin.

- Imkon qadar baribir, efir madaniyati, o'zaro hurmatni saqlagan holda qilsa bo'ladi. Oshirib yubormaslik kerak. G'oya yomonmas. Nima bilan boyitasiz? Faqat gap bilan tomoshabinni zeriktirib qo'yilmaydimi?

- Har bir muhim voqea haqida roliklar tayyorlanadi. Grafika yordamida ramziy terma jamoalar tuziladi, uchta chiroyli goldan eng yaxshisi studiyadagilar yordamida aniqlanadi. Va eng asosiysi, bo'lajak o'yinlar oldidan prevyu ko'rsatiladi, muxlislardan kichik intervyular olinadi, ularning o'yinoldi taxminlari bilan qiziqiladi. Agar yo'q demasangiz, hammasini jonli efirda o'tkazmoqchiman...

- Ohho, boshlanishiga balki yozib olarmiz. Efir vaqti katta, studiyada ishtirokchilar ko'p...

- Yuq, dasturning fishkasi ham shunda: hammasi jonli efirda! Orada tug'iladigan noqulay holatlar ham shu g'oyaning bir qismi. Ishtirokchilarning hammasi professional sharhlovchi. Ko'rsatuv yaxshi o'tadi. Agar biror xato kuzatilsa, mayli, keyin o'zgartirishingiz mumkin.

- Xo'p. Mening ham bir shartim bor: faqatgina sharhlovchilarning o'zi etmaydi. Mutaxassis chaqir. Murabbiylar, futbolchilar...

- Bilasiz-ku, mutaxassislarimizning aksariyati efirga chiqishdan o'zlarini olib qochishadi. Biroz muammo paydo bo'lishi mumkin.

- Muammo tug'ilsa, hal qilasizlar. Mening taklifim shu. Mutaxassis chaqir!

SHu tariqa Turdan-turgacha dasturi efirga chiqa boshladi. Dastlab uni hamkasblarim Zafar Imomxo'jaev va Dilshodbek To'xtabekovlar bilan, ke-yinchalik esa bir o'zim va taklif etilgan sharhlovchilar hamrohligida olib bordik. Tomoshabinlar bunga turlicha munosabat bildirishdi. Iliq fikrlar ham, tanqidlar ham uchradi, albatta. Asosli tanqidlarni inobatga olib, dasturni boyitib bordik. Telekanalimiz sharhlovchilarining ovozini asosan kadr ortida eshitgan tomoshabin bu dastur orqali ularning jonli efirdagi fikr-mulohazalarini ko'rdi, kuzatdi.

Faqat bir narsa doimo qiyinchilik keltirib chiqarardi. Har safar efirga mutaxassis chaqirish. Bazida biror murabbiy yoki futbolchining dasturda ishtirok etmaslik uchun turli bahonalarni ro'kach qilishi meni hayron qoldirardi: Evropa futboliyam gapiriladimi? Men o'yin­larni umuman ko'rmayman yoki O'zbek futbolini gapirmaymizmi, ishqilib? Qo'ying, bazilarning ko'ziga ko'rinmay turay.

Lekin tan olish kerak, mutaxassislar va futbolchilar orasida bir guruh fidoyilari bor. Ular muxlislarga o'z fikrlarini etkazishdan aslo qochishmaydi. Qachon taklif etmaylik, kelib, efirlarda ishtirok etishardi. Ulardan alohida minnatdorman.

Afsuski, har ko'rsatuvda mehmon chaqira olmasdik. Aksariyat vaziyatlarda tig'iz vaqt muammosi qiynardi. SHunda direktorimizdan shu safar o'zimiz o'tkazib qo'ya qolaylik, deb so'rardim. Oladigan javobim esa o'sha-o'sha edi - Mutaxassis chaqir!.

Oradan ancha muddat o'tdi. Dasturni yopdim. Direktorimiz salomatliklari yomonlashgani sababli rahbarlikdan sharhlovchilikka o'tdilar. 2014 yilgi jahon chempionatini sharhlab bordik. Musobaqa ajoyib tarzda o'tdi. Turnir yakunlangach, barchamiz uchun ustoz bo'lgan sobiq direktor mundial yakunlari haqida dastur tayyorlash niyatini bildirdilar.

- Davron, hafta davomida vaqting bormi? Mundial yakunlari dasturini tayyorlamoqchiman. Har sonida bitta guruh o'yinlari tahlilini o'tkazamiz. Men boshlovchilik qilaman, sen esa mehmon.

- Qandoq bo'larkin, balki biror murabbiyni chaqirarmiz. Siz olib borgan dasturning mehmoni bo'lish men uchun noqulayroq...

- Jahon chempionatini boshidan oxirigacha sharhlab bording, tahlil qila olasan. O'zimiz ham qiziqarli tarzda o'tkaza olarmiz. Mutaxassis chaqirib o'tiramanmi, o'zing kelaver. Hammasi tayyor. Birinchi efir ertaga. A guruhi haqida gaplashamiz. Bir soatcha oldin kelgin. Kech qolmagin-a, oxirgi payt sal bemalolxo'ja bo'lib qolibsan (kulib).

Hayron qoldim. SHu kungacha barcha efirlarimga mutaxassis chaqirishimni so'rardilar... doim murabbiy qidirib yurardim. O'zlari esa tinchgina meni chaqirib qo'ya qoldilar.

Efir kuni kelishganimizdek, bir soat avval studiyaga kirdim va ularni kuta boshladim. Odatda, kech qolmasdilar. Efir boshlanishiga yarim soat qolganda qo'ng'iroq qildim. Telefon o'chirilgan. Rejissyor xavotirlana boshladi. Ijodiy guruhni tinchlantirdim. Oxirigacha kutamiz. Juda bo'lmasa, bir o'zim boshlovchi sifatida o'tkazaman, dedim. Bir kun avval hammasini tushunib olgandim.

SHunday ham bo'ldi. Efirni olib bordim. Jahon chempionatining A guruhi o'yinlarini birma-bir tahlil qildim. Dasturni oxiriga etkazdik. SHundan so'ng malum bo'ldiki, ustoz sharhlovchi og'ir ahvolda ekanlar. Yana bir kun o'tgach, vafot etdilar...

Inson o'z hayoti poyoniga etayotganini turli belgilar orqali sezishi va sezdirishi haqida ko'p eshitganmiz. Oxirgi suhbatimizda meni hayron qoldirgan narsaning sababini tushundim. Tasavvur qiling, agar ular o'sha efirga meni emas, biror-bir mutaxassisni taklif etganlarida, qanday vaziyat kuzatilardi? Dasturda uzilish ro'y berardi, ko'rsatuvgacha bo'lgan harakatlar zoe ketardi. Ammo hayotini shu sohaga bag'ishlagan inson bunga yo'l qo'ya olmasdi.

Bu - ustozimiz bilan bog'liq bir kichik voqea, xolos. SHu kabi ibratli holatlarni ko'p eslashimiz mumkin.

Kamoliddin ALIMOV yozib oldi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика