So’nggi yangiliklar

10:07ПСЖ йирик трансферни амалга оширишга яқин  0 10:03Филиппин терма жамоаси устози: "Биз 40 дақиқа давомида Ўзбекистон босимига бардош бера олдик"   0 09:36«Нефтчи» яна бир бомба трансферни амалга ошириши мумкин  10 09:10Криштиану Роналдунинг келажаги маълум  0 08:40Ҳусановни 40 миллионга сотиб олаётган «Ман Сити» бразилиялик ҳимоячига қанча тўлаётгани маълум  5 08:09Бухоро вилоят ҳокими Ботир Зарипов: «Бухоро» ўз стадионида ўйнаши керак»  8 07:41Ўтган мавсум ЦСКАда ўйнаган футболчи фаолиятини «Шўртан»да давом эттиради  8 03:2330 йиллик турмушдан сўнг Гвардиола хотини билан ажрашди  9 03:07ЛаЛига. "Сосьедад" япониялик футболчиниг голи эвазига 3 очкони қўлга киритди  0 02:58А Серия. "Фиорентина" меҳмонда ютқазиб қўйди  0 02:10"Бунёдкор" собиқ мураббийи қўл остида тўп тепган, Алиссон Бекерга яқин қариндош бўлган ҳамда сигир соғишни қойиллатадиган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  9 22:46"Реал"нинг апелляцияси рад этилди  11 22:12FA "адолат" ҳақидаги пости учун МЮни жазоламайди  1 21:51"Нефтчи" Ашурматов учун "Рубин"га 500 минг доллар тўлашга тайёр  31 20:55"Локомотив" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6

"Mustaqillik Kubogi-2024" musobaqasi yakunlandi. Bosh sovrin Ohayo shtatiga yo'l oldi Yangiliklar

"Mustaqillik Kubogi-2024" musobaqasi yakunlandi. Bosh sovrin Ohayo shtatiga yo'l oldi

Malumotlarga qaraganda, bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakati AQSHda qariyb 0,5 million atrofida vatandoshlarimiz istiqomat qilishadi.

Ular xalqimizga xos milliy qadriyatlar, urf-odatlar, ananalar va, eng avvalo, o'z ona tilini unutib yubormaslikka intilishmoqda. SHu maqsadda bu safar O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag'ishlangan tantanalar har qachongidan ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Buni bayram tadbirlari 25 avgustda boshlanib 9 sentyabrga qadar davom etgani ham tasdiqlaydi. Hatto O'zbekistonning o'zida ham Mustaqillik bayrami bu qadar uzoq nishonlanmasa kerak.

Bayram shodiyonalariga 7-8 sentyabr kunlari Nyu-York shtatining Bruklin shahrida o'tkazilgan ananaviy futbol musobaqalari yakun yasab berdi. Hisob bo'yicha 8-marotaba tashkil etilgan bu yilgi musobaqalarda AQSHning 10 ta shtatidan jami 15 ta havaskor jamoa ishtirok etdi. Bundan yaxshiroq ko'rsatkich faqat 2023 yilgi musobaqalarda qayd etilgan, o'shanda 12 ta shtat qamrab olingan. Yo'l olis bo'lishiga qaramay, Kaliforniya (engil mashinada 45 soat yuriladi), Missuri (1200 mil, salkam 2000 km), Illinoys kabi shtatlardan ham jamoalar Nyu-Yorkka etib kelishgani tahsinga loyiq. 



Darvoqe, ushbu musobaqalarda o'z vaqtida muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Kamron Kopadze, Davron Mirzaev kabi iqtidorli futbolchilar ham to'p tepishganini inobatga olsak, AQSHdagi vatandoshlarimiz orasida bu musobaqa, umuman, futbolga qiziqish yuqori ekani ayon bo'ladi. 

Bu yilgi musobaqalarda ham 17 yoshdan tortib 50 yoshdan katta yurtdoshlarimiz to'p tepishdi. Xususan, "Lochin" jamoasi safida harakat qilgan Hamidulla Isoqov ayni paytda 51 yoshni qarshi olgan va u eng faxriy ishtirokchiga aylandi.

Bevosita musobaqaga kelsak, 15ta jamoa 3 guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishdi. O'z guruhlarida dastlabki 2 o'rinni olgan jamoalar hamda 3-o'rin sohiblari orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega 2 jamoa pley-off bosqichiga yo'l oldi. 

CHorak finalda Nyu-Yorkning VIP jamoasi Ohayo shtatidan kelgan "Vodiy" jamoasini yirik - 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bu pley-off bosqichida kuzatilgan yagona yirik hisob bo'ldi. Qolgan juftliklarda g'olib atigi bir to'p farqi bilan aniqlandi yoki penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Ko'rinib turibdiki, o'yinlar juda murosasiz va shiddatli raqobat ostida kechdi.



Natijalar bilan tanishing:

1/2 final

"Hamkor" (Ohayo) – VIP (Nyu-York) 2:1

"Uz Galaxy" (Kaliforniya) - "Lochin" (Kanzas Siti, Missuri)  0:0 (pen. 3:2)


3-o'rin uchun

VIP – "Lochin" 0:0 (pen. 3-2)


Final 

"Hamkor" – "Uz Galaxy" 1:0


SHu tariqa musobaqani ko'tarinki ruhda o'tkazgan "Hamkor" jamoasi kubokni boshi uzra baland ko'tardi. Malumot uchun, joriy yilgi "Navro'z Kubogi"da ham g'oliblik Ohayo shtatining "Vodiy" jamoasiga nasib etgandi. Demak, ushbu shtatda yashovchi vatandoshlarimizda futbolga qiziqish ortib bormoqda.

Musobaqa yakunida barcha g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar, jumladan, MahallaUSA O'zbek-Amerika associaciyasi jamoasi hamda "Vatandosh" jamoat fondi tomonidan kubok, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.



"Jamiyatimiz ancha vaqtdan beri faoliyat ko'rsatib keladi. O'ylab yurardim, nima qilsak, AQSHning barcha hududlarida yashovchi vatandoshlarimizning boshini qovushtirsak bo'ladi? Nihoyat, uzoq o'ylab millionlar o'yini futbol atrofida birlashishga qaror qildik. Ko'rib turganingizdek, bugun musobaqamizda 10 ta shtatdan jamoalar qatnashdi. O'ylaymanki, bu kabi tadbirlar musofirlikda yurgan vatandoshlarimiz yanada jipslashishiga xizmat qilish barobarida yoshlarimiz orasidan iqtidorli futbolchilar etishib chiqishiga xizmat qiladi. Ishonamamki, tez orada o'zbek yoshlari orasidan MLS'da to'p tepadigan va milliy termamizga yordam qila oladigan futbolchilar etishib chiqadi", – dedi musobaqa tashkilotchisi, MahallaUSA O'zbek-Amerika associaciyasi raisi Abdumalik Ahmedov.


Otabek Eshmamatov, 

Nyu-Yorkdan maxsus

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика