So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  2 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  1 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  6 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

“Mustaqillik kubogi - 2018”: “Yashnobod” jamoasi “B” guruhidan joy oldi Yangiliklar

“Mustaqillik kubogi - 2018”: “Yashnobod” jamoasi “B” guruhidan joy oldi

Futbol bo'yicha Toshkent shahar chempionati ikkinchi liga jamoalari o'rtasida “Mustaqillik kubogi - 2018” bahslariga qura tashlandi.

Musobaqa nizomiga ko'ra, bu galgi musobaqada o'n olti jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. Jamoalar quraga muvofiq,  to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan holda uchrashuvlarni boshlaydi. Guruh g'oliblari  yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Yashnobod tumanining “Yashnobod” jamoasi musobaqaning “V” kvartetidan joy olgan. Unda yashnobodliklar “pley-off” yo'llanmasi uchun “Bunyodkor-B”, 16-BO'SM hamda LSF futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Musobaqaning qolgan guruhlari quyidagicha ko'rinish olgan:
“A” guruhi: “Sergeli”, “Traktor”, “Lokomotiv-2”, “Olimpik”.
“S” guruhi: “Yoshlik”, “Paxtakor-1”, “Paxtakor-2”, “Osiyo”FK.
“D” guruhi: “Oqtepa”, “Avtomobilist”, “Lokomotiv-1”, “Atletiko”.

Guruh o'yinlari 30 iyulda boshlanadi. Dastlabki turda “Yashnobod” futbolchilari o'z maydonida 16-BO'SM jamoasiga qarshi to'p sursa, ikkinchi juftlikda “Bunyodkor-B” — LSF maydonga tushadi.


Ikkinchi tur, 3 avgust
16-BO'SM — “Bunyodkor-B”, LSF — “Yashnobod”
Uchinchi tur, 7 avgust
“Yashnobod” — “Bunyodkor-B”, 16-BO'SM — LSF.

Musobaqa nizomiga ko'ra, yarim finalning dastlabki juftligida “A” va “V” guruhlari o'zaro ro'baro' kelsa, “D” va “S” guruhlari g'oliblari o'rtasidagi bahsda ikkinchi finalchi nomi aniqlanadi. Bu uchrashuvlar 11 avgust kuni bo'lib o'tishi belgilangan.

Bosh sovrin sohibi 15 avgustda bo'ladigan finaldan so'ng malum bo'ladi.

Musobaqa g'olibi mavsum oxirida PRO-ligaga yo'llanma beruvchi “pulka”da qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

Malumot o'rnida shuni aytish kerakki, “Yashnobod” jamoasi hozirda Toshkent shahar chempionati ikkinchi ligasida birinchi davra uchrashuvlaridan so'ng, o'z guruhida to'qqizinchi turdan so'ng, 22 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilyapti.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика