Mustafo Bayramov: "Jalilovning sog'ligi biroz yomonlashdi"
03 iyu 2021 23:05
Yangiliklar
Mustafo Bayramov: "Jalilovning sog'ligi biroz yomonlashdi"
Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvidan keyin o'tkaziladigan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Navbahor" murabbiyi Mustafo Bayramov ishtirok etib, o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Birinchi navbatda, "Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarimizdan esa bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. G'alaba qozonish uchun astoydil harakat qilgan bo'lsakda, gol urolmadik. Uchrashuvning oxirgi soniyalarida to'p o'tkazib, mag'lub bo'ldik. Viktor Romanovich Jalilovning salomatligi biroz yomonlashgani sabab matbuot anjumanida qatnasha olmadi, - deydi Mustafo Bayramov.
Fikrlar