Musiala 2-4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin
09 noy 2023 15:52
Yangiliklar
Musiala 2-4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala "Galatasaroy"ga (2:1) qarshi ECHL guruh bosqichi 4-tur uchrashuvida jarohat oldi.
20 yoshli futbolchi o'yinning 40-daqiqasida almashtirildi. Uning o'rniga Tomas Myuller maydonga tushdi.
Jurnalist Patrik SHtrasserning xabar berishicha, Musialaning son mushaklari shikastlangan va tiklanish davri 2 haftadan 4 haftagacha davom etadi. "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu malumotni tasdiqladi.
"Eng yaxshi holatda bu pay cho'zilishi, yomon holatda – bu mushak tolalarining uzilishi", – dedi Tuxel.
Musiala joriy mavsum barcha musobaqalarda "Bavariya" safida 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar