So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Murzoev - sentyabr oyida "Dinamo"ning eng yaxshi futbolchisi Yangiliklar

Murzoev - sentyabr oyida "Dinamo"ning eng yaxshi futbolchisi

So'nggi ikki hafta davomida Dinamo klubi rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma yakuniga ko'ra, muxlislar jamoaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi.

Kutilganidek, ikkinchi davrada Dinamo safiga qo'shilib o'z gollari bilan muxlislarni xushnud etayotgan Kamoliddin Murzoev sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 28 yoshli hujumchiga 74 ta ovoz, yani 54.4 % muxlis ovoz bergan.

Qayd etish joizki, Murzoev Dinamo uchun eng omadli transferlardan biri bo'ldi. Kamoliddin Oliy Liganing so'nggi ettita turida faqat Neftchi bilan o'yinda penaltidan foydalana olmagan bo'lsa, qolgan barcha o'yinlarni golsiz tark etmadi. Yani so'nggi 7 o'yinda – 6 ta gol! Bu har qanday hujumchi uchun ajoyib natijadir.

19-tur: Dinamo - SHo'rtan (3:3) – gol!

20-tur: Lokomotiv - Dinamo (2:1) – gol!

21-tur: Dinamo - Navbahor (2:1) – gol!

22-tur: Metallurg - Dinamo (4:2) – gol!

23-tur: Dinamo - Neftchi (0:1) – noaniq penalti.

24-tur: So'g'diyona - Dinamo (1:2) – gol!

25-tur: Dinamo - Bunyodkor (1:1) – gol!

Aynan ushbu sermahsullik Kamoliddin Murzoevning muxlislar tomonidan eng yaxshi futbolchi deya tan olinishiga sabab bo'ldi.

Avgust oyida eng yaxshi futbolchi deya tan olingan Ilhom Yunusov esa bu safar ikkinchi o'rinda qayd etildi. Samarqandlik tajribali yarimhimoyachiga 44 ovoz (34,4%) berilgan. So'rovnomda muxlislar, shuningdek jamoamizning ikki markaziy himoyachisi Ildar Mamatkazin (7,4%), Artyom Filiposyan (4,4%) va tobora muxlislar ishonchini oqlayotgan darvozabon Muhiddin Xudoyorov (1.5%)ga ovoz berishgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика