So’nggi yangiliklar

22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5 19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  15

Murvatlar qanday sozlandi? Yangiliklar

Murvatlar qanday sozlandi?

JCH-2018 yo'llanmalari uchun kurashga kirishgan Evropa milliy jamoalarining oktyabr oyidagi o'yinlaridan shu narsa malum bo'ldiki, ular Evro-2016 turniridan keyin sezilarli o'zgarishlarga yuz burishgan.

Ushbu maqola aynan ko'hna qita­ning etakchi jamoalaridagi islohotlar xususida.

PORTUGALIYA


Bu bevafo dunyo adolatsiz ekanligini aytib, qancha nolimaylik, asos asosligicha qoladi: Portugaliya termasi JCH-2018 saralash bosqichini qita chempioni sifatida boshladi. Bu jamoa Evro-2016da uddaburo transformaciyachilik qobiliyatini namoyish etib, goh 4-1-2-1-2, bazan klassik 4-4-2 sxemasidan unumli foydalangandi. Muhimi, portugallar har qaysi raqib uslubiga moslasha olishgani hisobiga kerakli natijalarga erishishdi. Fernandu Santush jamoasining endi mundial saralashi davomida qaysi uslubga ko'proq tayanishini oldindan aytish qiyin. SHu sababli, uning tarkibidagi o'zgarishlarga etibor qaratish bilan cheklanamiz. Himoya chizig'i xuddi darvozabon poziciyasi kabi jiddiy islohotga muhtojlik sezmadi. Rikardu Karvalyu jamoadagi faoliyatini yakunlagach, tajribali Pepe Sautgempton vakili Joze Fonti bilan hamkorlik qilmoqda. Bu juftlikka Luish Netu va Brunu Alvesh yaqindan yordam berishmoqda. Sedrik Soaresh va Rafael Gerreyro qanotlarga masul, ularning hujum harakatlaridagi faolliklari Santushga juda maqul. Yarim himoya chizig'ida ham o'zgarish yo'q - Renatu Sanshesh, Joau Mariu, Andre Gomesh, Joau Moutino va Vilyam Karvalyu hamon safda. Murabbiy uslubdan kelib chiqqan holda, ulardan navbati bilan foydalanishi mumkin. Oldingi chiziqda hozircha Evro-2016 bosh qahramoni - Eder bor. U o'sha tarixiy finalga qadar asosan zaxiradan maydonga tushardi. Krishtianu Ronalduning tarkibdagi joyi daxlsiz. To'g'ri, unga aynan kim yaqindan yordam berishi malum emas. CHunki Luish Nani va Rikardo Kuarejmaning JCHga qadar yuksak sport formalarini saqlab qolishlariga kafolat yo'q. Andre va Rafael Silvalar esa hozircha usta himoyachilar qarshiligini bemalol sindiradigan darajaga chiqishmadi. Nima bo'lganda ham, uyushqoqlik va taktik uddaburolik Portugaliya termasining quroli bo'lib turibdi.

FRANCIYA


O'z uyidagi finalda engilish Franciya termasi uchun chinakam fojia bo'ldi. Lekin bu omadsizlik Braziliya termasining JCH-2014dagi sharmandali holi oldida hech narsa emasdi. SHu sababli, Franciyada ayrim norozilik namoyishlari kuzatilganiga qaramay, mamlakat futbol federaciyasi Evro-2016da 2-o'rinni egallagan jamoa ishtirokiga qoniqarli baho berdi. SHunday qilib, Dide Desham xotirjamlik bilan shogirdlarini JCH saralash bosqichiga tayyorlay boshladi. Umuman, bu jamoada ham inqilob yuz bermadi. Antuan Grizmann, Olive Jiru va Pol Pogba hozir ham asosiy o'zak sanalishadi. Albatta, Belarus termasi bilan qayd etilgan durang Desham jamoasi uchun ijobiy natija emas. Ammo o'sha o'yinda  franciyalik futbolchilarning mezbonlar darvozasi tomon naq 23 marta aniq zarba yo'llashgani ko'p narsadan dalolat. Yani jamoa Belarusda faqat g'alabani ko'zlab to'p surgan, biroq shunchaki, omadi yurishmagan. Tarkibdagi jiddiy o'zgarishlar sifatida faxriy himoyachilar - Bakari Sanya va Patris Evra o'rniga Jibril Sidibe va Leyvin Kurzavaga ishonch bildirilganini ko'rsatish mumkin. Murabbiy fikricha, faxriylar yana 2 yildan keyin talab darajasida to'p surolmasliklari mumkin. Oldingi chiziqda esa Antuan Grizmann, Kevin Gameyro va Mussa Sissokodan umid katta. Dimitri Paye negadir Evro-2016da ko'rsatgan shijoatini takrorlay olmayapti.

BELGIYA

Abadiy navqiron va noyob iqtidorlarga boy sanalgan Belgiya termasi  navbatdagi omadsizlikdan so'ng 3-urinishni boshladi. Garchi yangi bosh murabbiy Roberto Martines xuddi Mark Vilmotsdek dogmatik uslubni davom ettirayotgan bo'lsada, uning jamoasi saralashning dastlabki 2ta bellashuvini yirik (3:0, 4:0) hisobdagi g'alabalar bilan yakunladi. Tarkibda katta o'zgarish yo'q. Oldingi chiziqda Eden Azar, Kevin de Bryuyne va Yannik Ferreyra Karrasko harakat qilishmoqda. Romelu Lukaku erkin hujumchi sifatida shu uchlikdan oldinroqda to'p suradi. Tayanch yarim himoyachilar safida ayrim yangiliklar bor - anchadan buyon tanqidlarga uchrayotgan Maruan Fellayni asta-sekin Raja Nainggolan o'rnini egallamoqda. U Aksel Vitcel bilan juftlikda o'ynamoqda. Tobi Alderveyreld, Tomas Vermalen, Tomas Mene va Yan Vertongen kabi o'yinchilarga umuman etiroz yo'q. Demak, yaqin oylar ichida tarkibda o'zgarishlar kuzatilmaydi. CHunonchi, ispaniyalik mutaxassis yaxshi shakllangan jamoani buzishga oshiqmayapti.

GERMANIYA


JCH-2014dagi muvaffaqiyatdan keyin butun Germaniya bundestimni Franciyadan chempion sifatida qaytishini kutgandi. Nemislar Evro-2016da ham ishonchli to'p surishdi. Faqat, yarim final bahsida butun jamoa yolg'iz Antuan Grizmannni zararsizlantirishni uddalay olmadi. Yani nemis mashinasi avvalgi qita birinchiligidagi kabi finalga etmay, to'xtab qoldi. Takidlash joiz, mutasaddilar bu omadsizlikdan fojia yasab o'tirishmadi. Aksincha, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga kirishildi. Jumladan, Bastian SHvaynshtayger jamoani tark etgach, Sami Xedira-Toni Kroos dueti shakllantirildi. Ularning biri raqib hujumlarini to'xtatish uchun masul sanalsa, ikkinchisi o'z jamoadoshlari ijrosidagi hujumlarga ko'mak beradi. Himoya chizig'i avvalgidek Benedikt Xyovedes va Mats Xummels ixtiyorida qoldi, qanotlar Yonas Gektor va Joshua Kimmixga topshirildi. To'g'ri, markaziy chiziqda o'zgarish yuz berishi mumkin - Xummels yonidan joy olish uchun yaqinda safga qaytgan Jerom Boateng ham davogarlik qilmoqda. JCH yaqinlashgan payt esa Xedira o'rniga Yulian Vaygl o'tishi mumkin. Lekin Sami hozircha ishonchni oqlamoqda. SHuningdek, Ilkay Gyundoganni ham etibordan qochirmaslik kerak. U Manchester Sitida o'z joyini topdi, hisob. Jamoaning hujum chizig'ida raqobat o'ta kuchli. Yoshi va jarohatini inobatga olsak, Mario Gomes endilikda asosiy hujumchi emas. SHu bois, Yoaxim Lyov aldamchi 9 poziciyasini ko'proq Mario Gyotcega bermoqda, ikkinchi hujumchi roli esa Tomas Myullerga tegishli. Aytgancha, Mesut Ozil klubdagi faoliyatidan qatiy nazar, bundestimda asosiy pleymeyker bo'lib qolaveradi. SHuningdek, Yulian Draksler qanot yarim himoyasidan mustahkam joy olgan. Hujumchilar ortida to'p surish huquqi uchun Maks Mayer va Yulian Brandtdek yosh iqtidorlar kurash olib bormoqdalar.

ANGLIYA


Angliya terma jamoasida qanday o'zgarishlar yuz berishi hattoki, mahalliy ekspertlar uchun ham chinakam jumboq. Sem Ellardays mojaroli tarzda  istefoga chiqqach, bosh murabbiylik lavozimida ishlashga qaysi mard jurat etadi, deysiz? Malta va Sloveniya termalariga qarshi o'yinlarda uch sherlarni Garet Sautgeyt vaqtincha bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushdi. Takidlash joiz, u bir qator syurprizlar taqdim etishga jazm etdi. Jumladan, Bernli himoyachisi Maykl Kin, MYU vakili Jessi Lingard va Kristal Pelas yarim himoyachisi Andros Taunsend ilk marta zayavkadan joy olishdi. Lester vakili Denni Drinkuoter esa ro'yxatdan tushib qoldi. Amaliy o'zgarishlarga kelsak, slovaklar bilan bahsda Garri Keyxill yonidan Kris Smolling emas, Jon Stouns o'rin oldi. Jordan Xenderson va Dele Alli o'zaro raqobatda, faqat Ueyn Runi va Erik Dayer o'rni davogarlardan xoli. Ross Barkli hamda Jeyms Milner terma jamoaga qaytish baxtidan bebahra qolishdi. Lekin Sautgeyt chaqqon  Teo Uolkottni safga qaytardi. Oldingi chiziqda o'zgarishlar kam. Jeymi Vardi klub to'purariga aylanib, o'z mavqesini mustahkamlab oldi, chempionat bahslarini samarali boshlagan Rahim Sterling ham xotirjam va Garri Keyn bilan tandem tashkil etish harakatida. Tez orada Markus Rashford ham davogarlar qatoriga qo'shilishi mumkin. Ko'p narsa terma jamoa boshqaruvi qaysi mutaxassisga topshirilishiga bog'liq.

ITALIYA


Orada yorqin yulduzlarsiz o'ynagan va himoyaviy uslubi bilan ko'pchilik ko'nglidan qolgan Skuadra Adzurra so'nggi qita birinchiligida hammani yana o'ziga qaratdi. Jamoa ayniqsa, musobaqaning nimchorak finalida amaldagi chempion - Ispaniya termasini mag'lubiyatga uchratgach, muxlislar Antonio Konteni chinakam dahoga qiyoslashdi. Murabbiy Evro-2016dan ke-yin Angliya futbolini zabt etishga chog'langani bois, uning o'rnini Jampero Ventura egalladi. Mana, Moviy gvardiya yangi bosh murabbiy rahbarligida ispanlar bilan jangovar durang qayd etdi. Italiyaliklar uchun ananaga aylangan mustahkam himoya uslubiga amal qilayotgan Ventura jiddiy o'zgarishlarga qo'l urmadi. SHu sabab, terma jamoa faxriylari tarkibda qolishdi. Jumladan, JCHdan keyin qo'lqoplarini mixga ilishga ahd qilgan Janluiji Buffon ham.

ISPANIYA


Ispaniyaliklar har qanday musobaqada o'z vakillaridan faqat g'alaba talab qilishga o'rganib qolishgan. Lekin Qizil furiya ikkinchi yirik turnirda omadsizlikka uchragach, mutasaddilar Visente del Boskeni istefoga chiqarishdi. Uning o'rnini egallagan Xulen Lopetegi zimmasiga murakkab vazifa yuklatilgan - ispaniyaliklarga jahon va Evropa chempionatlari oltin medalini tortiq etgan oltin avlod vakillari o'rnini munosib yoshlar bilan to'ldirish. Milliy jamoada faoliyatini yakunlagan afsonaviy posbon Iker Kasilyas o'rniga David de Xea keldi. SHuningdek, Pepe Reyna va Serxio Riko ham istalgan payt maydonga tushishga tayyorlar. Himoya chizig'ida o'zgarishlar yo'q, hisob. Serxio Ramos va Jerar Pike markaz uchun javob berishsa, Xordi Alba so'l, Daniel Karvaxal o'ng qanotni qo'riqlaydi. Darvoqe, Lopetegi ital­yanlarga qarshi bahsda zaxira o'rindig'ini ancha qisqartirdi. Lekin Realdan Nacho Monreal, Atletikdan Inigo Martines va Barsadan Serxi Robertoni taklif etdi. Umuman, Ispaniya termasi hamon 4-3-3 sxemasiga sodiq qolmoqda. Tayanch hududi Serxio Buskets va Andres Inesta ixtiyorida. Xavi o'rnini bosa oladigan voris hamon yo'q, Fransesk Fabregas Franciyada ishonchni oqlolmadi. Yarim himoya chizig'i Koke, Ander Errera, Tyago Alkantara va Iskoga berilgan. Oldingi chizig'da muammolar etarli. Diego Kosta ham, Vitolo va Alvaro Morata ham talab darajasida to'p surolmayaptilar. Xullas, Lopetegidan astoydil ter to'kish talab etiladi. Buning uchun esa vaqt etarli.

S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика