So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  0 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

Murosasiz kechgan uchrashuvda "Andijon" Ruminiya klubi bilan durangga imzo chekdi Yangiliklar

Murosasiz kechgan uchrashuvda "Andijon" Ruminiya klubi bilan durangga imzo chekdi

Turkiyada tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Andijon" bugun yig'in doirasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Ruminiyaning "CHiksereda" jamoasi raqib vazifasini o'tagan bahsda tomonlar 0:0 hisobida durang qayd etdi. Aytish mumkinki, "Andijon" jamoasi murabbiylari birinchi bo'limda yaqinda kelib qo'shilgan Igor Litvinov, Levan Arveladze, Nodar Kavtaradzega imkon bergan holda aralash tarkibni sinovdan o'tkazishdi. Ikkinchi bo'limda bir qator yangi kuchlar maydonga tushdi va natijada chiziqlar orasida bog'lamlar yaxshi ishlay boshladi. Xavfli vaziyatlar yaratildi. Deylik, Suhrob Berdievning chalqancha bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov o'z poziciyalarida faollik ko'rsatishdi. Umuman olganda Aleksandr Xomyakov bu o'yinda tarkibdagi barcha futbolchilarga o'yin amaliyotini berdi. 


O'rtoqlik uchrashuvi. 

"Andijon" - "CHiksereda" 0:0

Bosh hakam:  Fabio Stemmler

Qanot hakamlari: Nils Byome, Stin Myoxlenbek (barchasi Germaniya mamlakatidan)

"Andijon": Igor Litovka, Islom Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Ilhom Alijonov, Abduvohid G'ulomov, Levan Arveladze, Muhammadkarim Toirov, Nodari Kavtaradze, Farhod Sohibjonov, Suhrob Berdiev, Bobur Farhodov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Eldor Adhamov, Farhod Bekmurodov, Sardor Abdunabiev, Sardor Azimov, Dilshod Komilov, SHahboz Erkinov, Ildar Mamatkazin, Ahmadjon Anvarov, Abdurahmon Komilov, Izzatillo Abdulhaqov, Ilhom Abdug'aniev, Asilbek Aysarov 

"CHiksereda": Moga, CHizer, Vita, Veres, Kovach, Bara, Szondi, L.Kovach,  Dina, Schib, Jelena

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика