So’nggi yangiliklar

12:05Шерзод Файзиев қаерда?   1 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  3 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  5 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  13 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  24 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1

Murodjon Aliev: “Bunyodkor” akademiyasi jismonan, ruhan va albatta aqlan salohiyatli futbolchilarni tarbiyalashga tayyor! Yangiliklar

Murodjon Aliev: “Bunyodkor” akademiyasi jismonan, ruhan va albatta aqlan salohiyatli futbolchilarni tarbiyalashga tayyor!

“Bunyodkor” futbol klubi tashkil topganiga ko'p bo'lgani yo'q. Xalq tili bilan aytganda, biz endigina ilk muchal yoshimizni nishonladik.

Ana shu qisqa vaqt orasida katta va buyuk ishlar amalga oshirildi: hukumatimiz tomonidan Markaziy Osiyoda tengi yo'q “Bunyodkor” stadioni foydalanishga topshirildi, kelajakka poydevor sifatida bolalar futbol akademiyasi ishga tushirildi. Jamoamiz oliy ligadagi ilk ishtirokidayoq Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi va 10 yil davomida ushbu nufuzli musobaqaning muntazam qatnashchisiga aylandi, unda ikki bor yarim finalgacha etib bordi. 5 marta O'zbekiston chempioni, 4 bor mamlakat kubogi sohibi va bir marta O'zbekiston Superkubogi egasi bo'ldi. Klub akademiyasining tarbiyalanuvchilari 5 bor Yoshlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi.

Yorqin tarix va nursiz yaqin o'tmish
Albatta, qisqa muddatda bunday yutuqlarga erishish sharafli va bu bilan har qancha faxrlansak arziydi. Biroq, bular bari dastlabki 6 yilga to'g'ri keladi, so'nggi 4 yil davomida asosiy jamoamiz birorta ham sovringa ega chiqmagani esa achinarli va tashvishlidir. Buning o'ziga xos obektiv va subektiv sabablari bor. Obektiv sabablaridan biri – “Bunyodkor” tashkil topgan kundan o'z faoliyatini boshlagan va jamoaning barcha yutuqlariga bevosita sababchi bo'lgan mutaxassis – Mirjalol Qosimov klubni tark etishi bo'ldi. O'zbekiston futbol federaciyasi qaroriga ko'ra, Qosimov barcha etiborini milliy terma jamoaga qaratishi maqsadga muvofiq deb topildi. SHu tariqa 2014 yilning 4 aprelidan Mirjalol Qo'shoqovich “qaldirg'ochlar”ni tark etdi. SHundan so'ng, asosiy jamoamiz birorta sovringa ham egalik qila olmadi. Subektiv sabablar esa klubning ichki ishi bo'lib, hozirda ular bartaraf etildi, shu bois ularga batafsil to'xtalishga hojat yo'q deb hisoblaymiz...


O'zgarishlar
Butun jahonga dovrug'i taralgan klubning bu ahvolga tushishi, albatta mutasaddilarni qanoatlantirmasdi. 2017 yilgi mavsum ham salbiy ko'rsatkichlar bilan boshlangach, “Bunyodkor” futbol klubida jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi. May oyining ilk kunlarida klub Bosh direktori Baxtiyor Boboev o'z o'rnini taniqli mutaxassis Murodjon Alievga bo'shatib berdi. Murodjon Boqievichning birinchi buyrug'i esa o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimovni bosh murabbiy etib tayinlashi bo'ldi. O'shanda vaziyat ancha og'ir edi. OCHL baxslarida guruhni so'nggi o'rin bilan yakunlagan jamoamiz, O'zbekiston chempionatida 13-pog'onani egallab turgandi. O'sha paytda jamoaga yangi o'yinchilarni qabul qilishning imkoni bo'lmagani sababli, asosiy vazifa tarkibda bo'lgan yosh futbolchilarga ruhiy ishonchni qaytarib, ularda g'oliblik ruhini shakllantirish edi. Sababi, Lushchan boshqaruvida «qaldirg'ochlar» 8 ta bellashuvning bor-yo'g'i 2 tasida zafar quchgan, yana shuncha o'yinda imkoniyat boy berilgan bo'lsa, 4 tasida g'olibni aniqlab bo'lmagandi. Mazkur natijalar sabab «Bunyodkor» peshqadamlardan ortda qola boshlagandi. Mirjalol Qo'shoqovich esa qadamba-qadam bu natijani yaxshilab bordi.

Mavsum avvalida Lushchan to'plash mumkin bo'lgan maksimal ochkolarning 33 foiziga ega chiqqan bo'lsa, Qosimovda bu ko'rsatkich 64 foizni tashkil qildi. Biroq yo'qotilgan qimmatli ochkolarning o'rnini to'ldirish imkonsiz edi va «Bunyodkor» chempionat yakunida 4-o'rindan yuqoriga ko'tarila olmadi. Eng achinarlisi esa, “qaldirg'ochlar” ilk bor OCHL yo'llanmasidan quruq qolishdi.


Biz klubdagi o'zgarishlar, qilinayotgan ishlar va kelajak rejalari haqida “Bunyodkor” FK Bosh direktori Murodjon Aliev bilan suhbatlashdik.

Bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga
- Zero asosiy jamoamiz 3 yil mobaynida bir emas, 3 qadam orqaga tashlagan bo'lsa-da, biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz va oldinga shaxdam qadamlar tashlay olishimizga ishonamiz. Sababi, muassislarimiz – “O'zbekneftegaz” va “O'ztrangaz” tashkilotlarining doimiy ko'magi bizga shijoat va kuch bag'ishlaydi. Ularning qo'llab-quvvatlashi bilan o'tgan 8 oy davomida klub infratuzilmasini yaxshilash, malakali kadrlarni jalb etish orqali poydevorni ancha mustahkamladi. Yangi taklif etilgan murabbiy SHuxrat Maqsudov qo'l ostida yosh “qaldirg'ochlar” Yoshlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi. Tajribali murabbiy Murod Otajonov boshqaruvida 2000 yil tarbiyalanuvchilari 2-liga Toshkent shahar birinchiligida zafar quchdilar. Denis Korostichenko murabbiylik qilgan 2001 yil tarbiyalanuvchilari Buxoroda bo'lib o'tgan oliy va birinchi liga tayyorlov guruhi musobaqasida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Yani, yaqin zahira o'z salohiyatiga ega va to'g'ri ekilgan nihollar tez orada o'z hosilini bera boshlaydi.

Akademiya (futbol maktabi)
- O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan hamda amaldagi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahnamoligida faoliyat yuritayotgan Bolalar-o'smirlar futbol maktabi, yani, akademiyamiz eng katta boyligimiz hisoblanadi. Bugungi kunda bu erda mingga yaqin o'smir-yoshlar malakali murabbiylardan futbol sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Klub rahbariyati akademiyada faqat futbol mashg'ulotlari bilan chegaralanib qolmasdan, yosh futbolchilar bilimli va zehnli bo'lib etishishlari uchun maxsus o'quv kurslari ham tashkil etgan. Buni amalga oshirish uchun esa malakali kadrlar tanlab olingan. Jumladan, hozirgi kunda akademiyaga mamlakatimizda ilmiy-metodik nazariya va amaliyotlar bo'yicha eng kuchli mutaxassislardan biri, FIFA va OFKning “Pro” diplomi sohibi Vadim SHodimatov rahbarlik qilmoqda. O'zbek futboli professori Rustam Akramov esa texnik direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Akademiya tarbiyalanuvchilari milliy, olimpiya, yoshlar va o'smirlar terma jamoalari safida Vatanimiz sharafini himoya qilishmoqda. 2015 yil Yangi Zelandiyadida bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatida yurtdoshlarimiz chorak finalgacha etib borishdi. Horijiy mutaxassislar boshqa futbolchilar qatorida akademiyamiz tarbiyalanuvchilari o'yiniga ham yuksak baxo berishdi va yil yakunida OFKning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” yo'nalishida tanlab olingan uchala nomzod ham “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari bo'lib chiqdi! (Dostonbek Hamdamov, Eldor SHomurodov, Zabihillo O'rinboev). Bunaqasi hali futbolimiz tarixida bo'lmagandi. Yakunda bosh sovrin Dostonbek Hamdamovga nasib etdi. Bu etirof bevosita akademiyamizga ham taaluqli edi va tez orada bu o'z isbotini topdi. 2017 yilning noyabr oyida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFK qitadagi Elit klublar murabbiylari 1-Forumini o'tkazdi. Unda qitaning futbol akademiyalari rivojlangan Avstraliya, Xitoy, Eron, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA va O'zbekiston vakillari ishtirok etdi. Forumda “Bunyodkor” futbol maktabi qitadagi eng yaxshi 10 ta akademiya qatoriga kirishi rasman etirof etildi va ushbu maskan rahbari Vadim SHodimetovga maxsus sertifikat topshirildi.

Yaqinda 23 yoshli futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan terma jamoamiz millionlab yurtdoshlarimizga olam-olam quvonch ado etishdi. Quvonarlisi, bu tarkibdan 5 nafari — darvozabon Dilshod Hamroev, himoyachilar Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Islomjon Qobilov, yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov bizning tarbiyalanuvchilarimizdir. Musobaqa nihoyasiga etganidan so'ng, mamlakat Prezidentining “Agar adolat bo'lsa, korrupciya bo'lmasa nima bo'lishi mumkinligini kecha futbol ko'rsatdi”, degan fikrlariga barcha yurtdoshlarimiz qatorida biz ham to'laligicha qo'shilamiz va shunday bo'lishiga ishonamiz. Bu - akademiya tarbiyalanuvchilarini etishtirish borasida olib borayotgan faoliyatimizningning eng ustivor yo'nalishi hisoblanadi.

Akademiya tarbiyalanuvchilari hozirda nafaqat mamlakatimiz, balki horijda ham o'z iqtidorlarini namoyish etmoqdalar. Sardor Rashidov Qatarning “Al-Jaish”, BAAning “Al-Jazira” klublarida o'ynab qaytdi, Otabek SHukurov shu mamlakatning “Al-SHarja”, Eldor SHomurodov Rossiyaning “Rostov” klubida faoliyat yuritmoqda. Tarbiyalanuvchilarimizdan Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Islomjon Qobilov, Dostonbek Hamdamov, Mirjamol Qosimov, Xurshid G'iyosov, Nurillo To'xtasinovlar asosiy tarkib o'yinchisiga aylangan bo'lsa, o'tgan mavsumda Dilshod Hamroev va Sardor Azimov “Navbahor”, Javoxir Qaxramonov va Ergash Ismoilov “Buxoro”, Sanjar Qodirqulov va Javoxir Esonqulov “Metallurg” jamoalari tarkibida ijara asosida to'p surishdi. Zabihilla O'rinboev esa “Paxtakor” jamoasiga transfer qilindi. Undan tashqari, yana bir qancha futbolchilar endilikda Pro-Liga deb yuritilayotgan birinchi liga klublariga ijaraga berildi va o'z mahoratlarini oshirib qaytishdi. Har yili akdemiyamizni o'nlab iqtidorlar bitiradi va ular mamlakatimizdagi boshqa jamoalar safini ham to'ldirishadi.

Yangi ibora – manaviyatli futbolchi!
Yuqorida takidlaganimizdek, akademiya tarbiyalanuvchilari futbol bilan birgalikda o'z bilimini kuchaytirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Yosh futbolchilar manaviyat va marifat, rus tili, ingliz tili, psixologiya fanlaridan saboq olish bilan birga, akrobatika va suzish bo'yicha ham maxsus dasturlarni o'zlashtirmoqdalar. Bizning qatiy talabimiz shunday: faqat iqtidorli bo'lishning o'zi kam, tarbiyalanuvchilarimiz har tomonlama bilimli, zukko, tarbiyali, umumiy qilib aytganda manaviyatli va marifatli bo'lib etishishi shart!

Biz nega manaviyat va marifatga urg'u bermoqdamiz? Sababi, manaviyat - o'z-o'zingni anglash. Manaviyat - bu sening yashashdan maqsading, dunyoqarashing, hayotga, atrofingdagi insonlarga vijdonan, boringcha munosabatda bo'lishingdir. Zimmangdagi vazifangni, oiladagi, jamiyatdagi o'rningni, avvalo o'zing ko'rsata olishing, kasbingga mehr, yaxshilik qila olmasang yomonlikni ham birovga ravo ko'rmasligingdir. Inson yashagani sayin, o'qib o'rgangani sayin, odamlarni bilgani sayin manaviy olami kengayib boraveradi. Bizning millatimizga xos bir xususiyat bor, o'zbek men deb gapirmaydi. O'zbek biz deb gapiradi. Biz, deganda butun bir millat jamlangan. Demak, manaviyatli inson milliy g'urur va iftixorni ham o'zida mujassam etishi shart. Bu o'z navbatida katta masuliyat hamdir. Esingizda bo'lsa, horijda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi xalqaro turnirda futbolchilarimizdan biri koreyalik raqibini kung-fu usulida tepdi. Hakam darhol unga qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatdi. Biroq uning bu qilig'idan butun o'zbek futboli aziyat chekdi. Koreya matbuoti “o'zbeklar bilan endi hech qachon o'ynamaslik kerak!” deyishgacha bordi. Biz manaviyat darslarida mana shunday salbiy voqealar haqida gapirib, bundan to'g'ri xulosa chiqarishni, tarbiyalanuvchilarimiz o'zini tutishi va ijobiy xulq-atvori bilan ajralib turishini istaymiz.

Bu borada etarlicha tashkiliy ishlar olib borildi. Malakali o'qituvchilar jalb qilindi. Yana bir muhim jihat, avvallari har bir yil uchun 25 tadan ortiq futbolchi olinmagani sababli, akademiyaga kirish ancha mashaqqatli hisoblanardi. Hozir esa har bir yilda 75—80 nafardan bola shug'ullanmoqda. Yani, asosiy tarkib “A” guruhida jamlangan bo'lsa, qolgan tengdoshlariga ham imkon berish maqsadida “B” va “S” tijorat guruhlari tashkil etilgan. Ularning har biriga alohida murabbiylar biriktirilgan. Ota-onalar ularga o'z farzandini joylashtirishi mumkin. Eng muhimi, yuqoridagi kabi o'quv darslari barchaga barobar o'tkaziladi, bu borada hech qanday cheklov yo'q.

Kuni kecha davlatimiz rahbari bilan uchrashuvda yangiyo'llik bolakay orzusi “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olish ekanini bildirgani, ko'pchilikka malum bo'lib ulgurdi. Bu bizga o'ziga xos sharaf bilan birga, masuliyat ham yuklaydi. Yurtimizning qaysi go'shasidan bo'lmasin, futbol maktabimizda shug'ullanishni istovchi har bir bolakay uchun eshiklarimiz ochiq. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas — “Bunyodkor” zamon bilan hamnafas bo'lishda davom etadi!

Abror Imomxo'jaev suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика